Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video hamda fotosuratlarda elçixona oldidagi navbat uzoq masofaga çözilgani, yuzlab vatandoşlar saylaş huquqidan foydalaniş uçun navbatini kutayotganini köriş mumkin. Navbatda turganlar soni ikki mingga yaqin ekani aytilmoqda.

Telegramdagi “Nigoh” kanali moskvadagi vatandoşlarimiz Özbekistonning diplomatik vakolatxonasi bilan birgalikda saylovlarda iştirok etib çiqqan fuqarolarga, şuningdek, jamoat tartibini saqlaş uçun  jalb etilgan Rossiya Federatsiyasi huquq-tartibot idoralari xodimlariga issiq içimlik va oziq-ovqat tarqatişgani aks etgan suratlarni e'lon qildi.

Foto: Telegram / «Nigoh»
Foto: Telegram / «Nigoh»

Saylov jarayonidagi bunday faollik Rossiya ommaviy axborot vositalarining ham e'tiborini tortgan. Voqea joyidan reportaj tayyorlagan “MIR 24” telekanali muxbiri ertalabdan ovoz berişga jamlangan odamlarning köpligidan hayratga tuşganini yaşirmaydi.

Foto: Telegram / «Nigoh»
Foto: Telegram / «Nigoh»
Foto: Telegram / «Nigoh»
Foto: Telegram / «Nigoh»

Eslatib ötamiz, Rossiyada vaqtinça mehnat qilayotgan yoki öqiyotgan özbekistonliklar Sankt-Peterburg, Qozon, Vladivostok, Yekaterenburg, Rostov, Novosibirsk va Moskva şaharlarida taşkil etilgan saylov uçastkalarida ovoz berişlari mumkin.

Özbekistondan taşqarida 37 ta xorijiy davlatda 54 ta saylov uçastkasi tuzilgan bölib, 299 780 kişi saylovçilar röyxatiga kiritilgan.

14–20 oktabr kunlari 120 524 nafar saylovçi Saylov kodeksining 57-moddasiga asosan çet davlatlardagi diplomatik va boşqa vakolatxonalar huzurida tuzilgan saylov uçastkalarida muddatidan oldin ovoz berişgan.

Prezident saylovi 24 oktabr kuni mahalliy vaqt bilan 8:00 da boşlanib, 20:00 gaça davom etadi. Özbekiston prezidentligi uçun «Milliy tiklaniş»dan partiya yetakçisi Alişer Qodirov, ÖzLiDePdan amaldagi prezident Şavkat Mirziyoyev, «Adolat» SDPdan partiya rahbari Bahrom Abduhalimov, Ekopartiyadan partiya raisi Narzullo Oblomurodov va XDPdan Oliy Majlis qonunçilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova kuraş olib borişmoqda.

Agar nomzodlardan birortasi 50 foizdan köproq ovoz yiğa olmasa, saylovlarning 2-bosqiçi ötkazilişi közda tutilgan. Unda 1-bosqiçda eng köp ovoz töplagan ikki nomzod kuraşni davom ettiradi.

Özbekistonda prezident saylovi har 5 yilda ötkaziladi. 2016 yilda ötkazilgan prezident saylovida Şavkat Mirziyoyev 88 foizdan köproq ovoz bilan ğalaba qozongandi.