Nigeriyaning Oyo ştatida jangarilarning axloq tuzatiş markaziga hujumidan söng bu yerda saqlanayotgan 837 kişi qoçib ketdi. Bu haqda Premium Times naşri xabar berdi.
«22 oktyabr kuni tunda jangarilar Oyo ştatidagi axloq tuzatiş markaziga hujum qilgan. Soqçilar bilan jangdan söng ular devorning bir qismini dinamit bilan portlatişgan. Sudni kutayotgan 837 nafar mahbus qoçib ketgan», — deb ma'lum qildi qamoqxonalar böyiça vakil Olanrevaju Anjorin.
Uning qöşimça qilişiça, qoçib ketganlarning 262 nafari politsiya tomonidan uşlangan.
Sentyabr örtalarida Nigeriyadagi turmaga uyuştirilgan qurolli hujumdan keyin u yerdan 200dan ortiq mahbus qoçib ketgani xabar qilingandi. Ma'lumotlarga köra, qurollangan şaxslar yarim tunda turmaga hujum qilib, soqçilar bilan otişmaga kirişgan. Hujum vaqtida turmada 294 mahbus saqlangan va ulardan 240 nafari qoçib ketişga muvaffaq bölgan.












