24 oktabr kuni soat 13:00ga qadar 10 462 575 nafar saylovçi ovoz berişga ulgurgan. Bu umumiy saylovçilarning 52,7 foizini taşkil etadi.
Hozirça hududlar böyiça eng yuqori körsatkiç Farğona (62,2 foiz), Sirdaryo (60,9 foiz), Namangan (57,8 foiz), Jizzax (55,4 foiz), Andijon (54,3 foiz), Xorazm (54,1 foiz), Surxondaryo (53,7 foiz) viloyatlari saylovçilari hissasiga töğri kelmoqda.


Qoraqalpoğiston Respublikasida 463 091 nafar (44,3 foiz), Andijon viloyatida 979 340 nafar (54,3 foiz), Buxoro viloyatida 555 541 nafar (49,9 foiz), Jizzax viloyatida 436 635 (55,4 foiz), Qaşqadaryo viloyatida 993 397 nafar (53,1 foiz), Navoiy viloyatida 300 003 nafar (48,2 foiz), Namangan viloyatida 956 965 (57,8), Samarqand viloyatida 1 110 362 nafar (50,6), Sirdaryo viloyatida 300 833 nafar (60,9 foiz), Surxondaryo viloyatida 787 785 nafar (53,7 foiz), Toşkent viloyatida 831 481 nafar (46,2 foiz), Farğona viloyatida 1 420 971 (62,2 foiz), Xorazm viloyatida 577 296 nafar (54,1 foiz), Toşkent şahrida 748 875 nafar (45,3 foiz) saylovçi saylov huquqidan foydalangan.
Avvalroq MSK soat 11:00ga qadar saylovçilarning 6 669 552 nafari yoki 33,6 foizi ovoz bergani, bu körsatkiç saylovlar ötgan deb hisoblanişi uçun yetarli ekanini ma'lum qilgandi.
Saylovda «Milliy tiklaniş»dan partiya yetakçisi Alişer Qodirov, ÖzLiDePdan amaldagi prezident Şavkat Mirziyoyev, «Adolat» SDPdan partiya rahbari Bahrom Abduhalimov, Ekopartiyadan partiya raisi Narzullo Oblomurodov va XDPdan Oliy Majlis qonunçilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova Özbekiston prezidentligi uçun kuraş olib borişmoqda.












