Markaziy saylov komissiyasining (MSK) qaroriga binoan, Oliy Majlis Senati a’zolari saylovi böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar, Toşkent şahri, tumanlar va şaharlar mahalliy Kengaşlarining qöşma majlislari 7-12 noyabr kunlari ötkazilişi belgilandi.
Saylov kodeksining 76-moddasiga köra, Senat a’zolarining saylovi Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, mahalliy Kengaşlar deputatlari saylanganidan keyin bir oydan keçiktirmay ötkaziladi. Oliy Majlis Senati a’zolari Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar, tumanlar va şaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining tegişli qöşma majlisida mazkur deputatlar orasidan yaşirin ovoz beriş yöli bilan saylanadi.
MSK yiğilişida Oliy Majlis Senati a’zolari saylovini ötkaziş bilan boğliq ayrim hujjatlar namunalarini tasdiqlaş masalasi ham körib çiqildi. Unga köra, Qöşma majlis Maslahat Kengaşi bayoni, Sanoq komissiyasi bayoni, ovoz berişda iştirok etuvçi deputatlar röyxati, Senati a’zosi saylovi böyiça saylov byulleteni hamda Qöşma majlis bayonnomasi namunalari tasdiqlandi.








