Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi barça viloyat, tuman va şaharlardagi hokim va hokim örinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik körsatkiçlari (EMSK, KPI) asosida baholaş tizimini yölga qöydi.

Agentlikning argos.uz portalidagi “Reyting” sahifasida 2021 yil iyun holatiga (2-çorak böyiça) quyidagi 6 turdagi reyting joylaştirildi:

1.                Natijadorligi yuqori hududlar;

2.                Hududlarda körsatkiçlari eng yuqori tuman (şahar)lar;

3.                Hududlarda körsatkiçlari eng quyi tuman (şahar)lar;

4.                Hokim örinbosarlarining EMSK böyiça reytingi;

5.                Tuman (şahar) hokimlarining top-20ligi;

6.                Tuman (şahar) hokimlarining quyi-20ligi.

Reyting natijalariga köra, eng yuqori körsatkiçli viloyatlar reytingida Navoiy viloyati (87 ball) yetakçilik qilmoqda. Viloyatlar orasida eng past körsatkiç Surxondaryoda (66 ball) qayd etilgan.

Körsatkiçlari eng yuqori tuman (şahar)lar reytingida respublikadagi 205ta tuman orasida Qorovulbozor tumani (Buxoro) 98,2 ball bilan 1-örinni egallagan.

Körsatkiçlari eng quyi tuman (şahar)lar reytingida Sariosiyo tumani (Surxondaryo) 1-örinni egallagan (60,8 ball).

Hokimlarning top-20 talik reytingida yana Qorovulbozor tumani (Buxoro), Yangibozor tumani (Xorazm), Şirin şahri (Sirdaryo), Ğazğon şahri (Navoiy) va Mirobod tumani (Toşkent şahri) hokimlari yetakçiligini köriş mumkin. Quyi-20 talik reytingda esa röyxatdagi dastlabki önta örinning sakkiztasi Surxondaryo viloyati tumanlari hokimlariga nasib etgan.