Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari örinbosarlarining faoliyatini eng muhim samaradorlik körsatkiçlari (KPI) asosida baholaş tartibi joriy etiladi. Çora-tadbirlar Prezidentning 24.08.2021 yildagi «Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari örinbosarlarining ularga yuklangan vazifalarni bajarişda şaxsiy mas'uliyatini kuçaytiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ-5230-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.
Quyidagilarni nazarda tutuvçi Mahalliy ijroiya hokimiyati rahbarlari örinbosarlarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik körsatkiçlari töğrisidagi namunaviy nizomlar tasdiqlandi:
- mahalliy ijroiya hokimiyati rahbarlari örinbosarlarining asosiy vazifalari va funksiyalari;
- huquqlari, şaxsiy mas'uliyati va javobgarligi;
- faoliyatini taşkil etiş va uni baholaş;
- eng muhim samaradorlik körsatkiçlari.
Namunaviy nizomlarga asosan viloyatlar va Toşkent şahar hokimiyatlariga:
2021 yil 10 sentyabrga qadar har bir hokim örinbosarining funksional vazifalari töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş;
2021 yil 1 oktyabrga qadar hokimning maslahatçilari, mahalliy sanoatni rivojlantiriş masalalari böyiça yordamçisi, tumanlar (şaharlar) hokimlari hamda ularning örinbosarlarining funksional vazifalari töğrisidagi nizomlarni işlab çiqiş topşirildi.








