Jahon | 10:05 / 14.08.2018
28025
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik harbiy merganlar masofasidan pulemyot bilan IShID qo‘mondonini o‘ldirdi

Foto: Getty Images

Maxsus aviadesant xizmati (SAS, Britaniya qurolli kuchlari maxsus bo‘linmasi) mergani bir mildan ortiq (1600 metr) masofada turgan jangarini yirik kalibrli pulemyotdan otib o‘ldirdi. Bu Daily Express yozmoqda.

Bu iyun oyida Afg‘oniston shimolidagi maxfiy patrul paytida sodir bo‘lgan. Harbiylar guruhi IShID terrorchilik guruhi kuchlari nazorati ostida bo‘lgan tumanda edi. Ular jangarilar bazasini kuzatishayotgan bo‘lgan, shunda Buyuk Britaniya va AQShning «qora ro‘yxatida» bo‘lgan dala qo‘mondonini payqab qolishgan.

Harbiylarda merganlik miltiqlari bor edi, biroq ular bu shaxsni harbiy avtomobillardan biriga o‘rnatilgan katta kalibrli pulemyot bilan aniq nishonga olish mumkin, degan qarorga kelishdi. Buning uchun qurolga maxsus  nishonga olish moslamasi o‘rnatildi.

Ta'kidlanishicha, IShID qo‘mondoni 20 daqiqa davomida bir joyda turib, yonida o‘tirgan kishilarga nimanidir gapirib bergan. Nashrning yozishicha, o‘q shunday kuch bilan uning ko‘kragiga kelib urilganki, uning yelkasi va qo‘li uchib ketgan, o‘zi esa joyida halok bo‘lgan. Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi maxsus amaliyotlar qo‘shma qo‘mondonligining qarorgohi jangarining yo‘q qilinishini tasdiqlagan.

Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, pulemyot qurollar orasidan chiqarib tashlanadi va SAS qarorgohiga olib ketiladi, u bu yerda xotira sifatida saqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IShID yetakchisi al-Bag‘dodiy og‘ir yaralangani xabar qilingandi. Iroqning «As-Sumariya» telekanali xabariga ko‘ra, IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy og‘ir yaralanganidan keyin to‘shakka deyarli mixlangan va guruhni boshqarmayapti.

Mavzuga oid