Olimpiya va Paralimpiya öyinlari dasturiga kirgan sport turlari böyiça milliy birinçiliklarni ötkaziş jarayoni elektronlaştirilmagan va video va fototasvirga oliş tizimli yölga qöyilmagan. Bundan taşqari, musobaqalarning barça hujjatlari qoğoz şaklida yuritib kelingani oqibatida sportçilar tomonidan qayd etilgan natijalarning şaffofligi ta'minlamagan. Bu esa ayrim sport murabbiylarining musobaqa natijalarini soxtalaştirişiga imkon yaratgan. Boş prokuratura tomonidan Turizm va sport vazirligida ötkazilgan yiğilişda aynan şu haqda söz borgan.

Qayd etilişiça, birgina 2020 yilda 31 nafar sportçi qalbaki hujjatlar asosida oliy ta'lim muassasalariga imtiyozli ravişda qabul qilinganligi aniqlangan. Şu bilan birga, joriy yilda ötkazilgan baydarka va kanoeda eşkak eşiş hamda voleybol musobaqalari natijalari böyiça haqiqatda ğoliblikni qölga kiritmagan 7 nafar sportçiga imtiyozlar taqdim etilgan. Yiğilişda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilayotgani aytildi.

“Xalqaro va respublika miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyatga erişgan yoş sportçilarni rağbatlantiriş maqsadida ularni davlat oliy ta'lim muassasalariga qöşimça davlat granti asosida imtihonsiz qabul qiliş kutilgan samarani bermagan. Aksinça, imtiyoz asosida talaba bölganlarning xalqaro musobaqalardagi natijalari yildan yilga pasayib borgan.

2018 yilda imtiyozli ravişda talabalikka qabul qilingan sportçilarning 44 nafari (10,5 foizi) Osiyo va jahon çempionati ğolib va sovrindori bölgani, 2021 yilda esa atigi 13 nafar sportçi (0,6 foiz) ana şunday natijaga erişgan”, deya Özbekiston boş prokurorining matbuot kotibi Hayot Şamsuddinovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Boş prokuratura tomonidan ötkazilgan örganişda milliy çempionatlarni taşkil etiş va ötkaziş jarayoni xalqaro standart va talablarga mos kelmasligi aniqlangan. 2018–2021 yillarda ötkazilgan 698 ta milliy çempionat bahsidan 269 tasi yoki 38 foizi dastlabki saralaş, ya'ni tuman-şahar bosqiçlarisiz ötkazilgan.

Oqibatda, olis hududlardagi iqtidorli yoşlarning mazkur musobaqalarga jalb etiş va imtiyozdan foydalaniş huquqi çeklangan. Yoki milliy çempionatlarni ötkazişda barça hududlar birdek qamrab olinmagan. Uşbu davrda ötkazilgan 698 ta çempionatning 221 tasida hududiy jamoalarning yarmi ham iştirok etmay, nomigagina taşkil etilgan.

Avvalroq sönggi uç yilda oliy ta'lim muassasasiga imtiyozli ravişda talaba bölganlar soni 5 baravarga ortgani, davlat oliy ta'lim muassasalariga qöşimça davlat granti asosida imtihonsiz qabul qiliş huquqini beruvçi musobaqalar sun'iy köpaytirib yuborilgani aytilgandi