29 sentyabr va 12 oktyabrda ötkazilgan tekşiruvlarda Navoiy va Jizzaxda gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlangan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Ma'lum bölişiça, Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan “Ergaşobod barakasi” MÇJga qaraşli ohak işlab çiqariş sexining tabiiy gazdan foydalanişi nazorat qilinganda gazlaştiriş loyiha hujjatida körsatilmagan bitta xumdonda 49 dona nostandart (qölbola) gaz yondirgiçlar yordamida ohak işlab çiqarayotgani aniqlangan.

Bunda 98,784 ming metr kub gazdan noqonuniy foydalanilgan va yetkazilgan zarar miqdori 98,784 mln sömni taşkil etgan. Uşbu hajmdagi tabiiy gaz 9 800 ta xonadonning bir kunlik iste'molini taşkil qiladi.

Gazdan noqonuniy foydalaniş holati Jizzax şahri, “Sanoat A” hududida faoliyat yuritayotgan “Zomin Ideal Stone” MÇJga qaraşli ohak işlab çiqariş sexida ham aniqlangan.

“Uşbu iste'molçi 2021 yil 16 sentyabrda tabiiy gazdan foydalaniş qoidalarini buzganligi uçun dalolatnoma tuzilib gaz tarmoğidan uzilgan. Ammo şunga qaramay, tadbirkor gaz tarmoğiga noqonuniy ravişda qayta ulanib, 2 ta aylanma ohak peçi yordamida ohak işlab çiqarayotganligi ma'lum böldi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Dastlabki hisoblangan qöşimça gaz hajmi 267,070 ming kub metrni va yetkazilgan zarar miqdori 267,070 mln sömni taşkil etgan.

Bu 26 mingta xonadonning bir kunlik iste'molini taşkil qiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq 22 kun içida 400 mingdan ortiq xonadon iste'moliga teng gaz, şuningdek ötgan 9 oyda 78 000 000 000 (78 mlrd) sömlik tabiiy gaz öğirlangani ma'lum qilingandi.