Afg‘onistonning Nangarhor viloyati markazi Jalolobod shahrida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Asvaka agentligi xabar bermoqda.

Agentlikning ma'lumot berishicha, Shabarxon-Og‘a masjidi yaqinida “Tolibon” harakati a'zolariga tegishli avtomobil portlatilgan.

Hozirda toliblar va “IShID-Xuroson” guruhi a'zolari deb taxmin qilingan qurolli shaxslar o‘rtasida otishma bormoqda, deyiladi xabarda.

Voqeaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.