Kun.uz ixtiyoriga Toşkent şahrida yuz bergan ommaviy janjal videosi kelib tuşdi.
Ma'lum bölişiça, 6 noyabr kuni Toşkent şahridagi Magic City majmuasi atrofida gaz töldirilgan şarlarni sotuvçi yigitlar va majmuaning qöriqlaş xizmati xodimlari örtasida janjal kelib çiqqan.
Kun.uz manbalariga köra, ommaviy janjalda öqotar quroldan foydalanilgan bölişi mumkin.
Şuningdek, videoda ham qurol ovozidan keyin sotuvçi yigitlar avtomobillarga çiqib qoçib ketayotgani aks etgan.
Hozirça janjal sabablari ma'lum emas. Vaziyatdan xabardor manbalar hududiy içki işlar bölimiga xabar berilganini hamda holat yuzasidan suriştiruv boşlanganini ma'lum qildi.










