Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahrida Özbekistonning 9 nafar fuqarosi qamaldi. Özbekiston TIV matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy izoh berdi. 

«2025 yilning aprel oyida Dubayda ommaviy muştlaşuvda iştirok etgan 8 nafar Özbekiston fuqarosiga 21 yanvar kuni sud hukmi bilan umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Şuningdek, bir fuqaroga 25 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi berildi.

Hozirda tegişli idoralar va diplomatik vakolatxonalarimiz tomonidan vaziyatni töliq örganiş va fuqarolarimizning huquqlarini himoya qiliş böyiça barça zarur çoralar körilmoqda», deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, 2025 yil aprel oyida Dubay şahridagi yonilği quyiş şoxobçalaridan birida özbekistonliklardan iborat ikki jinoiy guruh örtasidagi töqnaşuv kelib çiqib, bir kişi piçoq zarbasi oqibatida vafot etgan, yana bir kişi komaga tuşib qolgandi. Keyinroq komadagi şaxs ham öziga kelmay jon bergan.

Öşanda Özbekiston taşqi işlar vazirligi mazkur janjalda iştirok etişda gumonlanib, 15 nafar özbekistonlik qölga olinganini ma’lum qilgandi.

Dubay jinoyat qidiruv boşqarmasi «sönggi vaqtlarda Özbekiston fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari köpayayotgani ikki davlat örtasidagi vizasiz tartibga ta’sir körsatişi mumkinligi»dan ogohlantirgan, Özbekiston TIV esa «fuqarolarni xorijda mamlakat şa’niga doğ tuşiruvçi harakatlardan tiyiliş»ga çaqirgandi.

Bu voqealardan köp vaqt ötmay Özbekiston fuqarolarining BAAga kirişida muammolar paydo böldi. Xususan, iyun oyi boşida futbol böyiça Jahon çempionati saralaş bosqiçi doirasida mahalliy milliy jamoaga qarşi uçraşuvni körişga borgan özbekistonlik muxlislarning bir qismi aeroportda tekşiruvdan öta olmagandi.