Rossiyaning Leningrad viloyati, Kirov tumani, Priladogskiy qişloğidagi parrandaçilik fabrikasida Özbekiston va Bangladeşdan borgan işçilar ommaviy muştlaşuv uyuştirdi.
Mojaro 12 may kuni «Sinyavinskiy» parrandaçilik fabrikasida sodir bölgan. Muştlaşuvda 60 ga yaqin kişi iştirok etgan. 20 nafariga tibbiy yordam körsatildi, 7 nafarining ahvoli oğir ekani aytilmoqda.
Içki işlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati boş boşqarmasi ma’lumotiga köra, muştlaşuvdan söng 12 nafar «eng faol iştirokçi» politsiya bölimiga olib ketilgan.
Rasmiy xabarda ular 21 yoşdan 39 yoşgaça bölgan Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarolari sifatida körsatilgan. Politsiyaning dastlabki ma’lumotlariga köra, mojaroga kelib çiqişi Örta va Janubiy Osiyodan bölgan odamlar örtasidagi oğzaki janjal sabab bölgan.
«Fontanka» naşri korxonaning ijroçi direktoriga qönğiroq qildi. Muştlaşuv sabablari, iştirokçilar va jabrlanganlar soni haqidagi savollarga u javob bermadi va suhbatni töxtatdi. Keyinroq u jurnalistlarga voqea «tekşirilayotgani»ni aytdi.
Hodisa tafsilotlari aniqlanmoqda. Politsiya jinoiy iş qözğatiş masalasini hal qilmoqda.













