Italiya: yuqorida yana qöşhokimlik
«Venetsiya» — «Roma» — 3:2 (Kaldara, 3. Aramu, 65, penaltidan. Okereke, 74 — Şomurodov, 43. Abraham, 45+2).
Kun öyinlarini boşlab bergan rimliklar şunday boşlaşdiki, Joze Mourinoning jamoa rahbarligida qoliş-qolmasligi masalasi yana kun tartibiga çiqdi. Ammo «börilar» baribir Konferensiyalar ligasida «Bude-Glimt»ga qarşi muvaffaqiyatsiz öyinlardan keyin baribir tişini körsatdi, özbekistonlik hujumçi Şomurodovni boşlanğiç tarkibda tuşiriş qarori töğri bölib çiqdi. U «Venetsiya»ga qarşi öyinning birinçi bölimi oxirida ikki golni taşkillaştirib, öyinda buriliş yasadi. Avvaliga u raqib jarima maydonidagi tartibsizliklardan foydalanib, avgust oyidan buyon ilk bor gol urdi, bu uning yangi jamoasi uçun A Seriyada urgan ilk goli böldi, ikki daqiqa ötib, Abrahamni golli pas bilan ta'minladi.
Ammo çempionat autsayderlaridan biri öz maydonida taslim böliş haqida öylamadi va Kaldaraning öyin boşidagi tezkor goli bilan çeklanmadi. Bu himoyaçi ikkinçi bölimda penalti işladi, uni Aramu aniq ijro etdi. Hisob tenglaşgaç, rimliklar mehmonlar jarima maydonini qamal qilişdi, ammo raqib qarşi hujumdan foydalanib, Okereke ğalaba golini urdi. «Roma»da öyin inqirozi yuzaga kelgani körinib turibdi: barça turnirlar doirasidagi sönggi yetti öyinda jamoa bir ğalaba va tört mağlubiyat qayd etgan.
«Latsio» — «Salernitana» — 3:0 (Immobile, 31. Pedro, 36. Luis Alberto, 69).
Venetsiyada mağlub böliş orqali «Roma» nafaqat «Atalanta»ni oldinga ötkazib yuborib, kuçli törtlikka kiriş imkonini boy berdi, balki oltinçi öringa ham tuşib ketdi. Beşinçi örin Rimning boşqa bir jamoasi «Latsio» tomonidan tortib olindi. «Burgutlar» safida Immobile yana yorqin öyin körsatmoqda, u beş daqiqa içida Italiya çempionatining joriy mavsumida 10 gol urgan birinçi futbolçiga aylaniş bilan kifoyalanmasdan, Pedroga assistentlik ham qildi. U hafta içida ikkinçi bor «Latsio» tarixiga kirmoqda. Avvaliga klub tarixidagi eng yaxşi töpurar sifatida, endi esa — qatorasiga oltinçi mavsum kamida 10 gol urgan ilk futbolçi sifatida.
«Napoli» — «Verona» — 1:1 (Di Lorenso, 18 — Simeone, 13).
Neapolitanliklar noyabrni Diyego Maradona xotirasi uçun bağişlaşmoqda va barça öyinlarni buyuk argentinalikning surati tuşirilgan futbolkalarda ötkazişmoqda. Fon sifatida ötgan yil vafot etgan afsonaning barmoq izlari tanlangan.
Bunda öziga xos ramziy ma'no bor, axir don Diyego davridan buyon skudettoni qölga kiritmagan «Napoli» ayni vaqtda çempionatda yetakçilik qilmoqda. Ammo hozirgi «Verona» — hatto Luçano Spalletti uçun ham çaqilmas yonğoq bölib çiqdi. Jamoa hujum çiziğida himoyalanişda ham mohir bölgan, Diyego Simeonening öğli Jovanni Simeone javlon urmoqda va u bu safar ham maydonni golsiz tark etmadi. Veronaliklar durang hisobni saqlab qolişdi va bu turnir jadvalining yuqori qismidagi holatga ham ta'sir körsatdi.
«Milan» — «Inter» — 1:1 (de Fray, 17, avtogol — Xoqon Çalxonöğli, 11, penaltidan).
Neapoldagi durang şuni anglatardiki, dam oliş kunlaridagi asosiy öyinda ğalaba qozonsa, «Milan» çempionatning yaqqol peşqadamiga aylanib olardi. Rossoneri A Seriya va Çempionlar ligasida ikki xil natijalar körsatmoqda — içki çempionatdagi öyinda mezbonlar tezkor gol ötkazib yubordi, jamoaning sobiq futbolçisi Xoqon Çalxonöğli penaltidan unumli foydalandi. Stefano Pioli şogirdlari bu golga javoban katta kuç bilan oldinga taşlanişdi va Tomori de Frayni öz darvozasini işğol qilib qöyişga majburladi.
Bundan taşqari, öyinda psixologiya nuqtayi nazaridan hal qiluvçi nuqta mezbonlar darvozasiga ikkinçi 11 metrlik zarba qöyilganda röy berdi. Ştatdagi penaltiçi örniga töpni Lautaro Martines nuqtaga joylaştirdi. Argentinalik futbolçi bu orqali jamoadagi intizomni buzdi va bu aybi uçun Teteruşanuga qarşi duelda mağlub bölib, tölov qildi. Ruminiyalik posbonning seyvi jamoani ruhlantirdi va futbolçilar bundan keyin unga muammo tuğdirmaslikka harakat qilişdi, birinçi bölim oxirida töp mezbon jamoa darvozasi çiziği ustidan qaytarib yuborildi.
Bularning barçasi ikkinçi bölimga ta'sir körsatdi, bölimning aksar qismida «Inter» yaxşiroq harakat qildi, ammo endi «neradzurri»larda yaqqol golli vaziyatlar bölmadi. Öyinning oxirgi qismi esa qizil-qoralar ustunligida keçdi, hujumlardan biri yakunida Salemakersning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi, qaytgan töpga zarba bergan Kessega aniqlik yetişmadi. Yakunda — mantiqiy durang va bu faqat «Napoli» muxlislarini xursand qildi.
«Yuventus» — «Fiorentina» — 1:0 (Kuadrado, 90+1).
Ötgan turlardagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin Massimilano Allegri «Yuventus» futbolçilarini bazaga qamadi va bu qat'iy qaror öz samarasini berdi. YeÇLda «Zenit»ga tört gol urgan turinliklar A Seriyada ham ğalabaga erişdi. Şanba kungi öyinning birinçi bölimi «Fiorentina» ssenariysida keçdi, mehmonlar yorqinroq öyin körsatişdi va bölim arafasida ular hisobni oçişi ham mumkin edi, ammo boş hakam töp Daniluning qöliga tekkan vaziyatda penalti berişga jazm etmadi. Turinliklar avvalgi turda «Sassuolo»ga qarşi mağlubiyatli öyinda bölgani kabi bu öyinning birinçi bölimida ham ilk 45 daqiqalikda raqib darvozasi sari birorta aniq zarba yöllamadi.
Tanaffusdan keyin ham mehmonlar hujumkor öynaşda davom etişdi, ammo 72-daqiqada Milenkoviçga ikkinçi sariq kartoçka körsatilişi öyin taqdirini hal qildi. Serbiyalik himoyaçi maydon markazida ahmoqona tarzda qöpol harakat qildi va köpçilik bölib olgan «Yuventus» buni hisobda ham aks ettirdi. Sönggi yigirma daqiqalikni töliq oldinda ötkazgan mezbonlar qator golli vaziyatlarga ega bölişdi, Kezaning zarbasi tösinga tegdi, Morataning goli ofsayddan urilgani uçun inobatga olinmadi va nihoyat qöşimça daqiqalarda Kuadrado yaqin burçakni aniq nişonga olgan holda raqib darvozabonini ilojsiz qoldirdi.
Allegri töğri almaştirişlar amalga oşirdi, kolumbiyalik futbolçi murabbiyga byankoneri boşqaruvidagi 200-ğalabani taqdim etdi. A Seriya boşlangan 1929/30 yilgi mavsumdan buyon bungaça faqat ikki mutaxassis — Jovanni Trapattoni (319) va Marçelo Lippi (227) şunday natijaga erişgan.

Ispaniya: Xavi tayinlangan kun «Barsa» 3:0 hisobidagi ustunlikni boy berdi

«Selta» — «Barselona» — 3:3 (Aspas, 52, 90+6. Nolito, 74 — Fati, 5. Buskets, 18. Depay, 34).
Şanba kuni tongida kök-anorranglilar Xavi jamoa boş murabbiyligiga tayinlangani haqida rasman xabar qildi, ammo u biroz keyinroq işga kirişadi: uning rasmiy debyuti terma jamoalar uçun tanaffusdan keyin röy beradi — «Espanol»ga qarşi derbida. Vigodagi öyinga esa «Barselona»ni ikkinçi jamoa ustozi Serxi Barxuan olib bordi. Statistika nuqtayi nazaridan bu unikal öyin edi, «Selta» joriy mavsumda öz maydoni «Balaidos»dagi öyinlarda hisobda oldinda bormagan (uy uçraşuvlaridagi yagona ğalaba sentabr oyida «Granada»ga qarşi öyinda qayd etilgan, 90+4-daqiqada yagona gol urilgandi), kataloniyaliklar esa safar uçraşuvlarida hisobni oçişmayotgandi.
Ammo bu seriya Ansu Fatining goli bilan buzildi, u har bir harakati bilan muxlislarga özining öninçi raqamga munosibligini körsatmoqda. Xavining şu kungi muxlislarga murojaati barçani ilhomlantirib yuborgandi. Depay ham qatorasiga ikkinçi öyinda gol urdi, hatto sobiq jamoadoşi qaytişini Buskets gol bilan nişonladi. Ammo Fati yana bir bor jarohat olişi kök-anorranglilarning birinçi bölimni ideal tarzda yakunlaşiga xalal berdi.
Ammo hozirgi «Barselona» uçun raqibni yirik hisobda tor-mor etiş ertaknamo ssenariy bölib qolgan. «Selta» ikkinçi bölimni hujumkor ötkazib hisobni qisqartirdi, sönggi daqiqalarda esa raqib darvozasi qamal qilindi va öyinga qöşib berilgan oltinçi daqiqada Aspas uzoqdan yöllagan zarbasi bilan darvozaning yuqori töqqizligini aniq nişonga oldi. Galisiyaliklar sardori — ter Ştegen uçun dahşatli tuş bölib qolmoqda, u germaniyalik darvozabonga eng köp gol urgan futbolçidir (7 gol). «Barselona» 1998 yil yanvaridan buyon ilk marta uçta gol farqi bilan ustunlikni boy berdi, şu vaqtgaça uçta gol farqi yuzaga keltirilgan 276 öyinda ğalaba saqlab qolingandi. Bu holat jamoa öyinidagi inqiroz naqadar çuqurligini va Xavining qarşisida qiladigan iş köpligini yana bir bor körsatib berdi.
«Real» — «Rayo Valekano» — 2:1 (Kroos, 14. Benzema, 28 — Falkao, 76).
«Real» avvalgi ikki uy uçraşuvini golsiz durang bilan yakunlagandi, ammo bu safar «Santyago Bernabeu»da Madridning boşqa bir jamoasi qatorasiga 11-öyinda mağlub etildi. Öyin boşida Kroosning goli hakam tomonidan ofsayd qayd etilib bekor qilindi, ammo videotakrordan keyin uzatma muallifi Vinisius Junior ofsaydda emasligi ma'lum böldi va gol hisoblandi. Köp ötmay Alabaning qanotdan oşirgan töpini Benzema darvozaga joyladi primera öyinlarida qatorasiga öninçi öyinda gol urdi, bu öyinda kim ğalaba qozonişiga şubha qolmadi.
Öyin oxirida ön kun oldin «Barselona» darvozasini ham işğol qilgan Falkao intrigani qaytardi. Bundan avvalroq «Rayo» hujumlaridan birida töp ustunga tekkan va qaymoqranglilar muxlislari xavotirlana boşlagandi. Agar Falkao öyinga tuşganiga 7 daqiqa ötganida majburan almaştirilmaganida, mehmonlarda yana vaziyatlar bölişi ham mumkin edi. Ammo qöşimça daqiqalar kolumbiyalik hujumçisiz ham qizğin keçdi: Kroos töpni darvoza çiziği ustidan qaytarib yubordi, Kurtua seyv qildi va Kamavinga raqib oyoğiga tepişidan keyin penalti belgilanmagani uçun kiçik mojaroli holat yuz berdi.
Ispaniyada hakamlarning Madridga muhabbati mavzusi yana dolzarblaşmoqda, Karlo Ançelotti jamoasi esa şanba kungi öyinlardan keyin çempionat peşqadami bölib oldi.
«Barselona»ga havas qilgan «Atletiko»
«Valensiya» — «Atletiko» — 3:3 (Saviç, 50, avtogol. Ugo Duro, 90+2, 90+6 — Suares, 35. Grizmann, 58. Vrsalko, 60).
Valensiyaliklar bu öyinda ham Suaresni töxtata olişmadi. Urugvaylik forvard özi uçun qulay bölgan bu raqib darvozasini 14-bor işğol etdi, ikkinçi bölimda avtogol tufayli hisob tenglaşgaç, u yana bir gol taşkillaştirdi. Bu epizod tur yakunlariga köra eng köp muhokama etilayotgan vaziyat bölmoqda, bu vaziyatda töp raqib oyoğidan urugvaylikning qöliga tegib, Vrsalkoga borib tuşgandi.
VAR bu epizodda qoida buzilmagan deb topdi va arbitr maydon markazini körsatdi. Ikki daqiqa ötib «Atletiko» Grizmann ijrosidagi «töqqizlik»ka yöllangan zarba orqali hisobdagi farqni yanada oşirdi, ammo «Valensiya» sinib qolmadi va şanba kuni iroda körsatgan «Selta» jasoratidan ilhom oldi. Bir tomondan, galisiyaliklar «Barselona»ga qarşi öyinda uçta töp farqini yöqqa çiqargani bilan zörroq körinsa, boşqa tomondan Xose Bordalasa jamoasi 90-daqiqadan keyin ikki gol urganiga aql bovar qilmaydi.
«Atletiko» uçun hal qiluvçi palla Grizmannga burçakdagi bayroqça oldida qilingan fol uçun jarima zarbasi belgilanişi böldi. Ugo Duro La Liga tarixiga qöşimça daqiqalarda qutqaruvçi dubl qayd etgan ilk futbolçi sifatida kirdi, uşbu hujumçi 85-daqiqada maydonga tuşgan va bu vaqt içida faqat ikki zarba bergandi.
«Osasuna» — «Real Sosedad» — 0:2 (Merino, 72. Yanuzay, 82, penalti).
Avvalgi haftalarda bölgani kabi bu turda ham şanba kungi öyinlardan keyin liga yetakçisi bölib olgan «Real» yakşanba kungi öyinlardan keyin bu maqomni San-Sebastyan jamoasiga qaytardi. Basklar birinçi bölimdagi golsiz durangdan keyin ham xotirjam edi. Birinçidan, «Osasuna» öz uyida ham, safar öyinlarida ham yaxşi öynay olmayapti, ikkinçidan «Real Sosedad» — ayni vaqtda ikkinçi bölimlarda natijaga erişiş borasida Yevropaning eng yaxşi jamoasi bölib turibdi. Yakunda Merino va Yanuzay bu an'anani yana bir bor tasdiqladi: Imanola Alguasilya jamoasi la ligadagi 19 golidan 17tasini tanaffusdan keyin urgan.
«Betis» — «Sevilya» — 0:2 (Akunya, 50. Belerin, 81, avtogol).
Seviliya derbisi ançadan buyon hozirgi kabi turnir ahamiyatiga ega bölmagandi, yakşanba kungi töqnaşuv arafasida turnir jadvalida beşinçi örinda turgan jamoa uçinçi örindagi jamoani qabul qildi - bu jamoalar orasidagi farq uç oçkoni taşkil etayotgandi. Bu farqni yöqqa çiqariş uçun «Betis» 2018 yildan buyon ilk marta öz hamşaharlarini mağlub etişi talab etilardi.
Ammo birinçi bölim oxirida Gvido Rodriges çetlatildi va amalda mezbonlarning ğalaba uçun umidi söndi, öyin hakami uşbu argentinalik futbolçiga ikkinçi sariq kartoçkani ança avvalroq körsatişi ham mumkin edi. Son jihatdan ustunlikni Akunya hisobdagi ustunlikka köçirdi. Hujumga qöşilgan argentinalik himoyaçi töpni yaqin «töqqizlik»ka joyladi. Bu keçaning omadsizi Bellerin böldi, uning birinçi bölimdagi goli ofsayd tufayli bekor qilingandi, öyin oxirlarida uşbu himoyaçi öz jamoasi darvozasini işğol etib qöydi. Öz faoliyatidagi 21-derbida maydonga tuşgan 40 yoşli Xoakin öyinni qutqarişga yordam bera olmadi - ikkinçi gol tufayli öyindagi intriga öldi.

Germaniya: «Bavariya»ning yangi rekordi
«Bavariya» — «Frayburg» — 2:1 (Goretska, 33. Levandovski, 75 — Haberer, 90+3).
«Bavariya» joriy mavsumning asosiy isyonkorini sinovdan ötkazdi. Murabbiylik faoliyatini ötgan asrdayoq «Frayburg» yoşlar jamoasida boşlagan Kristian Ştrayh asosiy jamoada ön yil işlab, yana bir kuçli tarkib yiğdi va bu jamoa endilikda kuçli uçlikdan mustahkam örin egallagan. Myunxenga safargaça mavsumda biror öyinda mağlub bölmagan frayburgliklar yetakçidan uç oçko ortda qolayotgandi.
Bu raqibni mağlub etiş orqali «Bavariya» farqni olti oçkoga yetkazdi. Raqib favoritni mehnat qilişga majburlay oldi, öyin oxirida çempionlarning asablari doş bermadi va hisob qisqardi. Levandovski bu öyinda ham gol urib, bavariyaliklarning yil boşidan buyon urgan gollari sonini 100taga yetkazib qöydi. Bu yangi klub rekordi, turnir tarixidagi eng yaxşi natija esa 1977 yilda «Kyoln» tomonidan qayd etilgan. Lekin yil oxirigaça ança bor va yana bir neça aniq zarbadan keyin bu rekord ham yangilanadi.
«Leypsig» — «Borussiya» D — 2:1 (Nkunku, 29. Poulsen, 68 — Roys, 52).
«Zalsburg»ning sobiq murabbiylari töqnaşuvi Jyessi Marşning Marko Roze ustidan ğalabasi bilan yakunlandi. Bu öyinda «Borussiya» futbolçilari amalga oşirgan yagona yorqin harakat — Menening raqib himoyasini yorib ötgan Roysga uzatmasi böldi, Marko bundesligada sariq-qoralar libosida 102-golini urdi va Dortmund jamoasining eng yaxşi töpurarlari röyxatida Stefan Şapyuiz bilan tenglaşib oldi (törtinçi körsatkiç).
«Leypsig»da esa asosiy qahramon — Nkunku. Avvalgi mavsumlarda samaradorlik körsatmagan bu yarimhimoyaçi joriy mavsumda 10 gol urişga ulgurdi. Bundan taşqari, uşbu fransuz hisob 1:1 ekanida yöllagan zarba darvoza ustuniga tegdi, keyinroq Poulsenga ğalaba golini urişda assistentlik qildi. Bunga qadar tört yil mobaynida «Borussiya»ni yenga olmagan «hökizlar» bu safar ötgan turdagidan farqli ravişda himoyada tartibli harakat qilişdi, ötgan turda «Ayntraxt»ga qarşi öyinda qöşib berilgan 4-daqiqada gol ötkazib yuborilib, ğalaba boy berilgandi.

Fransiya: Neymarning qayğuli yubileyi

«Bordo» — «PSJ» — 2:3 (Elis, 76. Nyang, 90+2 — Neymar, 26, 43. Mbappe, 63).
Parijliklar hamon jarohat sabab safdan çiqqan Messisiz öynaşmoqda, ammo Mbappe va Neymar öz joyida. Bu tandem birinçi öyindayoq ikki golni taşkillaştirişdi, ammo braziliyalik futbolçi öz muvaffaqiyatini nişonlaşdan tiyildi. Birinçi goldan keyin u maxsus futbolkasini namoyiş etdi - u golni şu kunlarda aviahalokatda vafot etgan braziliyalik qöşiqçi Mariliya Mendonsega bağişladi.
Neymar joriy mavsumda «PSJ» safida öyindan gol urmayotgandi. Qolaversa, forvard öz professional faoliyatidagi 400- va 401-gollarni urdi. Uning 90ta aniq zarbasi Fransiyadagi faoliyatiga töğri keladi, eng samarali davri esa — «Santos» safida qayd etilgan (136).

Angliyada hafta öyinlari (obzor bu yerda)
Dam oliş kunlarida Angliya premer-ligasida ötkazilgan navbatdagi tur bahslarida «Çelsi» oçko yöqotdi, «MYu» «Siti»ga qarşi derbida heç narsa qilolmadi, «Liverpul» yutqazdi va navbatdagi ğalabadan keyin beşinçi öringa kötarilgan «Arsenal»ni öziga yaqinlaştirib oldi.

Kun statistikasi
- «Tondela» yarimhimoyaçisi Joau Pedru Portugaliya çempionatida tanaffusga qadar uç marta penaltidan gol urib het-trik qayd etgan ilk futbolçi böldi.
- «Galatasaroy» «Fotih Qoragumruk»ni qatorasiga uç öyinda mağlub etolmadi. Bu Turkiya superligasida Fotih Terim şogirdlariga mağlub bölmagan yagona jamoa bölib qolmoqda.
- «Feyyenoord» futbolçisi Dessers qatorasiga tört öyinda zaxiradan maydonga tuşib gol urdi. Eredivizyada rotterdamliklar safida bunday samarali joker futbolçi 1998/99 yilgi mavsumdagi Igor Korneyevdan keyin bölmagandi.
- «Parma» darvozasini qöriqlayotgan Buffon faoliyatida ilk bor birinçi bölimda 4 gol ötkazib yubordi.
- APLda 5 quruq öyin va mavsumda faqat törtta gol ötkazib yuboriş — «Arsenal» darvozaboni Ramsdeyl şunday fantastik start oldi.
- «Milan» safida 8 derbida qatnaşgan Xoqon Çalxonöğli faqat «Inter»ga ötgaç derbilardagi ilk golini urdi.
- «Vest Hem» APLda ötgan mavsum boşidan buyon urilgan 85 golidan 23tasini standart vaziyatlar orqali kiritgan.
- «Arsenal» boşqaruvidagi 100 öyinda Mikel Arteta 54 ğalabaga erişdi. Klub tarixida undan yaxşiroq start faqat Jorj Grem tomonidan qayd etilgan - dastlabki 100 öyinda 56 ğalaba.
- La ligada «Espanol» hujumçisi Raul De Tomas qatorasiga 5 turda gol urdi.
- APLda «Mançester Siti» safardagi 8 derbi uçraşuvida ğalaba qozonib, «Old Trafford»dagi eng xavfli mehmonga aylandi. Bu stadionda ğolib çiqqan murabbiylar orasida 4 ğalaba bilan Xosep Gvardiola yetakçi.
- 2021 yilda «Fiorentina»ning qizil kartoçka olgan futbolçilari soni 8 nafarga yetdi. Top-5 çempionatlarda bu boradagi eng yomon körsatkiç faqat «Lion»da, bu klub futbolçilarini hakamlar 10 marta maydondan haydaşgan.
- «Mançester Yunayted» uy öyinlarida 14-bor darvozasi daxlsizligini saqlay olmayapti. «Qizil iblislar»da bundan yomonroq himoya faqat 1958-1959 yillarda bölgan, öşa jamoa qatorasiga 21 uy uçraşuvida gol ötkazib yuborgandi.
- «Real» yarimhimoyaçisi Kazemiro la ligada 200-öyinini ötkazdi.












