Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Normat Tursunov birinçi iş kunini Xatirçi tumanida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişişdan boşlagan. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Normat Tursunov Xatirçi tumanida bölib, tuman hokimi va sektor rahbarlari hamrohligida hududda amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişgan. Viloyat rahbari dastlab tumandagi Avoqli mahallasi aholisi bilan uçraşib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni ijobiy hal etiş böyiça mas'ullarga topşiriq bergan. Şuningdek, u mahalladagi 74-umumiy örta ta'lim maktabida bölib, ta'lim muassasasidagi şaroitlarni ham közdan keçirgan. 

Foto: Xatirçi tumani hokimligi matbuot xizmati

2016 yilning dekabr oyidan beri Navoiy viloyatiga rahbarlik qilib kelgan Qobul Tursunov soğligi davolaniş talab etilgani sababli 2021 yil 8 oktabr kuni öz arizasiga muvofiq vazifasidan ozod etilgan hamda uning örniga Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgan Normat Tursunov tayinlangandi.

Foto: Xatirçi tumani hokimligi matbuot xizmati