Madaniy meros obektlaridan turizm maqsadida samarali foydalaniş uçun vazirlik huzurida Madaniy meros agentligi faoliyati taşkil etildi.

Mazkur sohada şaffoflikni ta'minlaş uçun Vazirlar Mahkamasida Madaniy merosni himoya qiliş inspeksiyasi taşkil qilindi va Boş prokuratura ştat tuzilmasida madaniy meros sohasidagi qonunçilik ijrosi ustidan, şu jumladan, madaniy merosni muhofaza qiliş, asraşga doir işlar va ulardan foydalanişning oqilona taşkil etilişini nazorat qiliş böyiça tegişli bölim faoliyati yölga qöyildi.

Turizm va sport vazirligi moddiy madaniy meros obektlaridan turizm maqsadida samarali foydalaniş, ularni asraş va kelajak avlodga asl holida yetkaziş yuzasidan çoralar körmoqda.

Bugungi kunda madaniy meros obektlarini davlat tomonidan muhofaza qiliş uçun Madaniy meros köçmas mulk obektlari milliy röyxatiga respublika böyiça 8210ta obekt kiritilgan. Şundan, 4 788ta arxeologiya, 2 267ta arxitektura, 530ta diqqatga sazovor obektlar va 625tasi mahobatli san'at yodgorliklari hisoblanadi.

Obekt töğrisidagi tarixiy ma'lumot, uning geoxaritasi, fotosuratlari hamda tasnifi yiğmajildini özida jamlovçi har bir madaniy meros obektining pasportini yaratişga jiddiy yondaşilmoqda.

Obekt pasportlaştirilsa, uni balansida saqlovçi taşkilot madaniy meros obektini muhofaza mazmuni ma'lumotlariga muvofiq holda saqlaşga majbur böladi.

Joriy yilning 1 noyabr holatiga 8210ta moddiy madaniy meros obektlarining 35 foizi, ya'ni 2 873tasi pasportlaştirildi. Yil yakuniga qadar uşbu körsatkiç 50 foizga yetkaziladi.

Yana bir muhim yönaliş bu - obektlarning çegara muhofaza tegralarini belgilaş. Uşbu yönalişda işlar yetarliça taşkil etilmaganligi madaniy meros joylaşgan hududda noqonuniy qurilmalar qurilişi va yer maydonlarini özboşimçalik bilan egallab olinişiga şaroit yaratgan.

Amaliy işlar natijasida bugungi kunga qadar hududlardagi 3 mingga yaqin madaniy meros obektlarining çegara tegralari Davlat kadastr agentligining hududiy boşqarmalari bilan hamkorlikda belgilandi hamda muhofazaga olinganini körsatuvçi belgilar örnatildi. Yil yakuniga qadar ularning soni