Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Nexia mashinasida olib ketilayotgan yaroqsiz go‘sht yo‘q qilindi
Qarshi shahri hududida to‘xtab turgan Nexia mashinasi PPX xodimlari tomonidan to‘xtatilganda uning yukxonasida yaroqsiz go‘sht borligi aniqlanadi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 8 noyabr kuni soat 22:00larda A378 Samarqand-G‘uzor avtomobil yo‘lining 2-kilometrida yo‘l chetida to‘xtab turgan Nexia mashinasi shu hududda xizmat vazifasini olib borayotgan PPX xodimlarining e'tiborini tortadi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat jarayonida mashina ichida o‘tirgan erkak va ayol mashina yukxonasida go‘sht borligini aytishadi. Xodimlar qoplarga joylangan go‘shtning yaroqliligi haqida hujjatni so‘raganda ular hech qanday hujjat ko‘rsata olmaydi. Shundan so‘ng ular Qarshi shahar IIBga olib kelinadi va go‘sht tegishli tartibda hujjatlashtirib tekshirish uchun yuboriladi.
Viloyat hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi tomonidan go‘sht mahsulotlari tekshirib ko‘rilganda ular iste'molga yaroqsizligi ma'lum bo‘ladi.
Shundan so‘ng mazkur go‘sht mahsulotlari belgilangan tartibda yoqish yo‘li bilan yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
08:07 / 05.05.2026
Niderlandiya poytaxtida go‘sht va avtomobillar reklamasi taqiqlandi
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
14:42 / 20.04.2026