Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Toshkentga olib ketilayotgan 200 kilogramm noma'lum hayvon go‘shti to‘xtatib qolindi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida joylashgan «Umakay» muntazam YPX maskanida Toshkent shahriga olib ketilayotgan 200 kilogramm noma'lum hayvon go‘shti to‘xtatib qolingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 8 sentabr kuni soat 2:20larda Qashqadaryo viloyati IIB PPX va JTSB Karantin bo‘linmasi hamda YHXB xodimlari hamkorlikda, Chiroqchi tuman hududida joylashgan «Umakay» muntazam YPX maskanida Qashqadaryo-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelgan, Shahrisabz tumanida yashovchi fuqaro N.Ochilov boshqaruvida bo‘lgan «Lasetti» mashinasi to‘xtatgan.
Mashina tegishli tartibda tekshirilib, yukxonasi ko‘zdan kechirilganda, u yerda hech qanday veterinariya ma'lumotnomasi bo‘lmagan, 4 dona sellofan paketlarda jami 200 kilogramm og‘irlikdagi kelib chiqishi noma'lum bo‘lgan hayvonning lahm go‘shtlari borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur go‘shtdan Qashqadaryo viloyat Chiroqchi tuman oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi tomonidan namunalar olinib tekshirilganda, ularning iste'molga yaroqsiz ekani aniqlanib, tegishli tartibda yo‘q qilingan.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jaziramadan dengizga: nega Bali, Maldiv va Turkiyani tanlashadi?
Jamiyat | 17:22 / 18.07.2025
-
Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar, Hamasning bayonoti va Suriya bilan sulhga rozi bo‘lgan Isroil – kun dayjesti
Jahon | 13:12
-
Rossiya Adliya vazirligi Activatica portalini «chet el agentlari» ro‘yxatiga kiritdi
Jahon | 12:41
-
Yunusobodda 5 kgdan ortiq narkotiklar savdosining oldi olindi
O‘zbekiston | 12:30
Mavzuga oid

19:40 / 28.06.2025
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 2 ming tonna «halol» ot va qo‘y go‘shti sotib oladi

15:34 / 19.06.2025
O‘zbekiston bozoriga Belarusdan mol go‘shti maqbul narxlarda yetkazib berilishi mumkin

10:37 / 16.06.2025
"Go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxi barqaror bo‘lishi shart" - prezident

17:14 / 12.06.2025