O‘zbekiston | 17:33 / 15.10.2021
2233
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda iste'molga yaroqsiz go‘sht olib ketayotgan surxondaryolik haydovchi to‘xtatib qolindi

Foto: Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati

Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari chegarasida joylashgan «Umakay» muntazam YPX maskanida iste'molga yaroqsiz go‘sht olib ketayotgan surxondaryolik haydovchi to‘xtatib qolingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 15 oktyabr kuni soat 01:30larda Qashqadaryo viloyati IIB PPX va JTSB Karantin bo‘linmasi va YHXB xodimlari hamkorlikda Chiroqchi tumanidagi «Umakay» muntazam YPX maskanida o‘tkazgan tadbirda yaroqsiz go‘sht mahsulotini olib ketayotgan haydovchi to‘xtatib qolingan.

Surxondaryo viloyati Angor tumanida yashovchi A.O. boshqaruvidagi Cobalt rusumli mashina to‘xtatib tekshirib ko‘rilganda, uning yukxonasida hech qanday veterinariya ma'lumotnomalari bo‘lmagan go‘sht mahsuloti borligi ma'lum bo‘lgan. Kelib chiqishi noma'lum bo‘lgan, go‘sht mahsuloti tortib ko‘rilganda, uning og‘irligi 150 kilogramm chiqqan.

Qayd etilishicha, mazkur go‘sht mahsuloti Chiroqchi tumani oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasida tekshirib ko‘rilganda uning iste'molga yaroqsizligi aniqlangan. Shundan so‘ng ushbu go‘sht mahsuloti tegishli tartibda yo‘q qilingan.

 

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid