Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi Yoşlar işlari agentligi bilan hamkorlikda mahalla fuqarolar yiğinlaridagi Yoşlar işlari agentligi vakili nomzodligiga oçiq mustaqil tanlov e'lon qildi.
Tanlovda 9 259 ta mahalladagi Yoşlar işlari agentligi vakili saralab olinadi.
Tanlovda iştirok etiş uçun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatçilari vakant lavozimlarining yagona oçiq portali orqali röyxatdan ötişlari, vakant bölgan lavozimga söralgan hujjatlarni elektron şaklda taqdim etişlari zarur.
Hujjatlar 2021 yil 12 noyabrdan 16 noyabrgaça (şu kuni ham) qabul qilinadi.
Şuningdek, hujjatlarni elektron yuboriş tartibi böyiça videoqöllanma hamda Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz’dan röyxatdan ötiş böyiça videoqöllanmadan foydalaniş mumkin.
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev 9 oktyabrdagi videoselektorda 1 yanvardan respublikaning 9 ming 259 ta mahallasida «hokim yordamçilari» iş boşlaşini aytgandi.












