IIV axborot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosov ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumani IIB xodimlari tomonidan fuqaroga tan jarohati yetkazilgani töğrisida tarqalgan xabarga izoh berdi.

“11 noyabr kuni soat 20:00larda Zangiota tumanining Ramadon mahallasida yaşovçi U.X. ismli ayol “102” raqamiga qönğiroq qilib, 47 yaşar öğli U.M. uyda janjal kötarib, özi va yaqinlariga tazyiq ötkazayotganini aytib yordam söragan. Onaning bildirişiça, öğli içkilikka ruju qöygan.

Voqea joyiga yetib borgan Zangiota tumani IIB xodimlari tomonidan tartibbuzar qölga olingan. Unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik), 187-moddasi (jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste'mol qiliş) hamda 194-moddasi (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan materiallar rasmiylaştirilayotganda, U.M. IIB binosidan qoçib ketgan hamda göyoki öziga nisbatan kuç işlatilgani haqida yolğon ma'lumotlarni tarqatgan”, deya Şohrux Ğiyosovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

IIV mulozimiga köra U.M. uşlanib içki işlar organiga olib kelingan hamda unga nisbatan yuqoridagi moddalarga qöşimça ravişda Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 40-moddasi (tuhmat)da közda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgani uçun tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan hamda sudga taqdim etilgan.

Avvalroq Qaşqadaryo viloyati Nişon tumanida IIB xodimlari olib ketgan şaxs vafot etgan, marhumning ukasi uning urib öldirilganini aytgandi. Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov uşbu hodisa böyiça viloyat IIB hamda Soğliqni saqlaş boşqarmalariga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlanganini ma'lum qilgandi.