Toşkent viloyatining Zangiota tumanida joylaşgan avtomobillarga propan gaz töldiriş şoxobçasida portlaş röy berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda «Solneçniy» atrofidagi yölda kuçli portlaşdan keyin atrof yorişib ketgani, şundan keyin hodisa joyida yonğin boşlanganini köriş mumkin.
Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi holat yuzasidan izoh berib, 16 iyul kuni soat 22:46 da M-39 avtomobil yöli böyida joylaşgan şoxobçadagi propan saqlaş siğimi hamda gaz taşişga möljallangan maxsus avtomobilda çaqnaş röy berganini ma’lum qildi.
Qutqaruv bölinmalari voqea joyiga yetib borib, soat 00:04 da yonğinni bartaraf etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, hodisa oqibatida 3 kişi tan jarohati olgan. Ular zudlik bilan şifoxonaga yuborilib, tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan tibbiy muolajalar körsatilmoqda.

















