Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Zangiota tumani bölimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazildi.

Unda fuqarolar N.Ş. va muqaddam sudlangan Q.N. “Nayman“ MFY hududidagi binolardan birida yaşirin tsex taşkil qilib, gigiyenik kosmetika va maişiy kimyoviy vositalar işlab çiqarayotgani aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida tsexdan 2 tonna AZELIT suyuqligi va 200 litr CLEAR şampuni olingan.

Şuningdek, Elseve nomi tuşirilgan 4 800 dona, AZELIT nomli 2 040 dona va CLEAR nomli 1 400 dona böş idiş aniqlangan. Bundan taşqari, 79 ta öramda olti turdagi tovar belgisi etiketkalari hamda mahsulot işlab çiqarişda foydalanilgan boşqa vositalar aşyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-11-moddasi - xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ötkaziş maqsadida işlab çiqariş, saqlaş, taşiş yoki ötkaziş bilan boğliq jinoyat alomatlari böyiça jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.