«Mahallabay» hokim yordamçilari
Davletov.uz kanalining muallifi ötgan haftada muhokamalar markazida bölgan bank xodimlarining mahallalarga majburan işga ötkazilişi bilan boğliq vaziyatga kadrlar genotsidi deb baho berdi.
«Şundoq ham davlat va jamiyat malakali kadrlarga oç bölib turganda, bunday kadrlar siyosati yaxşilik keltirmaydi. Bu bilan heç qanaqa natijaga erişilmaydi. Şundoq ham iş vaqtidan köp, hatto dam oliş kunlari işlayotgani yetmayotgandek, ular qariyb majburlab, istak-xohişiga qarşi boşqa işga ötkazilişini «kadrlar genotsidi», deb baholasayam böladi», deb yozdi bloger.
Bu mavzuda Kun.uz ham «Sallasi desa kallasi» — respublika böylab hokim yordamçiligiga mahallabay majburlov ketmoqda» sarlavhali maqola e'lon qildi.
«Boylar boyimoqda, kambağallar nisbiy qaşşoqlaşmoqda»
Iqtisodçi Otabek Bakirov rasmiy statistika odamlar daromadi oşganini körsatayotganiga qaramay, buni kişilar öz tanasida his qilmayotganiga oid fikrlarini yozdi.
«Bir qaraşda, daromadlar oşmoqda, yillik hisobda jami nominal daromadlar 22,6 foizga ösgan.
Nominal daromadlar ösişi inflatsiyani ikki barobarga qoplagan. Nega unda köpçilik norozi, hayoti sifati pasayib borayotgani, daromadlari xarajatlaridan ortda qolayotganidan taşvişda?
Nega örta sinf va quyi daromad egalari rasmiy statistika aytayotgan ösişni tanasida, rözğorida his etmayapti?
Birinçi va eng asosiy masala daromadlar töğri taqsimlanmayotganida. Tinimsiz takrorlayotgan farazimizni yana takrorlaşga majburmiz:
Boylar boyişda davom etmoqda.
Örtahollar nisbiy kambağallaşmoqda.
Kambağallar nisbiy qaşşoqlaşmoqda», deb yozdi u.
Iqtisodçi rasmiy statistika daromadlarning turli daromad guruhlari qirqimida ösişi töğrisidagi axborotni oçiqlamaganiga e'tibor qaratdi.
«Yagona mavjud axborot aholining 10 foizli guruhlari böyiça notekis taqsimlanişi böyiça ma'lumotlardir.
Unga köra, eng kambağal 10 foiz va eng kambağal 20 foiz aholining jami daromadlarida uluşining pasayişi 2018 yilda boşlangan va ularning uluşi 2020 yilda juda sezilarli darajada qisqargan.
Ayni şu davrda 3-8 desildagi, ya'ni şartli örtahollarning jami daromadlardagi uluşi ham yo ösmagan, yoki faqat pasaygan.
Nima deb öylaysiz? Kimlarning jami daromadlardagi uluşi oşgan?
Tabiiyki, eng boy 2 desildagi aholi oxirgi uç yilda daromadlari uluşini keskin oşirgan. E'tiborlisi, ularning uluşi krizisli 2020 yilda jiddiy oşgan.
Aholi daromadlarining notekis taqsimlanayotganining yana bir körsatkiçi - Jini koeffitsiyenti 2017-2019 yillardagi 0.262 miqdorida özgarmay qolib, 2020 yilda birdaniga 0.276 gaça çiqqan.
Raqamlarning özi aytib turibdiki, oxirgi yillardagi özgarişlardan boylar va hukumat bilan çatişib ketgan oligarxlar rozi bölişi mumkin, xolos. Propaganda va piar kun tartibini qarasangiz bunga özingiz guvoh bölişingiz mumkin.
Davlat rahbari oxirgi çiqişida Marksga bekorga murojaat etmadi, nazarimda. Balki, bizga söl buriliş kerakdir?» deya ta'kidlaydi u.
«Vaqt maşinasi»
Jurnalist Muhrim A'zamxöjayev öz blogida Senat raisi Tanzila Norboyevaning hafta davomida internetda muhokamalarga sabab bölgan «Svet öçişi, zulmatda ötirib televizor körolmaslik beş yil oldingi tarix edi», degan gapiga işora qilib post qoldirdi.
«Tahririyatimizda unda-bunda çiroq öçadi; el qatori (çiroq kam öçgani uçun ham şu binoda ötiramiz). Lekin bugun uzilişlar sal, saaaalgina köproq böldi (ayb tahririyat joylaşgan binoda bölsa kerak, GESlarda emas — mamlakatda plyus-minus 90 foiz elektr IESlardan çiqayotgan bölsa, GESlarni ayblab böladimi axir); davomiyligi emas (qisqa juda, çiroq odatda uzoği yarim soatga qolmay yonadi), soni köproq böldi uzilişlarning.
Biz bunga pozitiv yondaşişning oson yölini topdik — çiroq öçsa, «Qoronği 2016 yilga tuşib qoldik», deb kulyapmiz (xafa böliş yöq), elektr qayta ulanişi bilan, yana tantana: «Urre, yoruğ 2021 yilga qaytdik!», deb. Vaqt maşinasining özginasi. «Zamonlararo sayohat» hatto eng fantastik kinolarda ham heç qaçon bu qadar oson va davriy bölmagan. Asosiysi, bu «öyin»da har doim «öz zamoning»ga qaytasan. Kulgili, kayfiyat zör; pozitiv yaxşi-da baribir!» deyiladi postda.
Amaldorlarni qanday tayinlaş kerak?
Bloger va huquqşunos Bahodir Ahmedov amaldorlarni tanlaşda meritokratiya kerakligi haqidagi fikrlarni yozib qoldirdi.
«Saylovlar ötdi. Endi köpçilik yuqori va örta böğin amaldorlari safida özgarişlar bölarmikin deb ikki közi «katta kreslolar»da. Turli miş-mişlar ham oralamoqda.
Menimça, uşbu 5 yillikda kadrlarni saralaş va mansab lavozimlarga tayinlaşda meritokratiya tamoyilini qöllaş maqsadga muvofiq. Prezidentning 5843-sonli farmoniga asosan kadrlar tizimida Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi (bizning tilda – ARGOS)ga köplab vakolatlar berilgandi.
Uşbu farmonda «kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlarini odilona va obektiv baholaş asosida eng munosib va qobiliyatli şaxslarni davlat fuqarolik xizmatiga qabul qiliş hamda ularning xizmat poğonalari böyiça kötarilişini nazarda tutuvçi meritokratiya tamoyilini qöllaş» degan jumla ketgan.
Singapurda ham biror vazir yoki qömita raisligiga albatta tegişli tanlovlar ötkaziladi. Hamma har bir nomzod körsatkiçlarini körib boradi. Bunday iş yuritişga ötiş vaqti bizdayam keldi. Ming qonunçilik zör bölsa ham, ming xohişlar katta bölsa ham baribir natijani kadrlar qiladi.
Axir, Otto fon Bismark bekorga aytmagan: «Yaxşi amaldorlar va yomon qonunlar bilan mamlakatni bemalol boşqariş mumkin. Lekin amaldorlar yomon bölsa, eng mukammal qonunlar ham yordam berolmaydi», deydi u.
«Öqituvçilarning oylik maoşi»
Iqtisodçi Mirkomil Xolboyev şifokorlarga va'da qilinayotgan 1000 dollarlik maoşga yetiş uçun har yili ularning oyligi 3,4 barobardan oşirib borilişi kerakligi haqida yozdi.
«Oldin ham bir neça marta ta'kidlanganidek, öqituvçilarning oylik maoşini 1000 dollarga yetkaziş masalasi bugun yana kötarildi. Prezidentning sözlariga köra, 2025 yilga borib oliy toifali öqituvçilarning oylik maoşi 1000 dollarga yetadi.
Hozirgi kunda oliy toifali öqituvçilarning oylik maoşi 290 dollar atrofida ekan (töliq stavka bilan). Keyingi 4 yilda ularning oylik maoşi 1000 dollarga yetişi uçun hozirgi körsatkiçdan taxminan 3,4 barobar oşişi kerak böladi. Bu şuni anglatadiki, oliy toifali öqituvçilarning dollardagi oylik maoşi yiliga örtaça 36 foizdan össagina, ularning maoşi tört yildan keyin 1000 dollar bölişi mumkin (agar sömning almaşinuv kursi bu yilgi kabi inflatsiyadan past darajada saqlanib qolsa, unda sömdagi ösiş körsatkiçining 36 foizdan pastroq darajada şakllanişi ham yetarli bölişi mumkin, ammo keyingi yillarda sömning almaşinuv kursi xuddi bu yilgi kabi past darajada saqlanib qolişini aniq aytolmaymiz).
Ta'lim sohasida band xodimlarning örtaça oylik maoşi 1000 dollar bölişi uçun esa ularning dollardagi oylik moşining qiymati yiliga 50 foizdan ösişi kerak böladi (hozirgi kunda ta'lim sohasida band xodimlarning örtaça maoşi 200 dollar atrofida)», deb yozdi u.











