«Sallasi desa kallasi» - respublika böylab hokim yordamçiligiga mahallabay majburlov ketmoqda
|20:02 / 10.11.202194 41011 min
Mahallalarga hokim yordamçilari tayinlanmoqda, mahallaning katta-kiçikligiga qarab, 4,5–5,5 mln söm maoş va'da qilingan. Joylarda bu işga moliya-iqtisodiyot sektorida iş tajribasiga ega bölgan kasb egalari, ayniqsa bankirlar ötkazilmoqda. Majburan. Va bu hol e'tirozlarga sabab bölmoqda.
Foto: Tengrinews.kzFoto: Tengrinews.kz
Quyi tizim rahbarlari tomonidan yuqoridan tuşirilgan topşiriqni «ur-ho ur» usulida kimözarga bajariş borasida navbatdagi «marafon» start oldi. Salla örniga kallani emas, tanani yarim belidan uzib olib borayotganlar ham çiqmoqda.
Özimga murojaat qilgan, Samarqanddagi xususiy banklardan birida işlovçi, 8 mln söm maoş, rejani bajarganiga qarab yana 4–5 mln söm mukofot puli oluvçi tanişim aytdi: 12–13 mln sömlik maoşni taşlab, 4–5 mln sömlik maoşga uning e'tirozlariga qaramasdan mahallaga hokim yordamçiligiga ötkaziş uçun suhbatga çaqirib, ariza yozişga majburlaşyapti ekan.
Men bu haqda Telegram kanalimda e'lon qilganimdan söng Samarqand viloyati hokimi matbuot kotibi Manuçehr Mirzayev aloqaga çiqib, quyi böğindagi rahbarlar topşiriqni notöğri tuşunişayotgani, heç qanday majburlaşlar bölmayotganini aytdi. U viloyatda 15 noyabrga qadar tanlov e'lon qilingani, faqat öz xohişi bilan işlovçilar tanlovda qatnaşişi mumkinligini bildirdi.
Hokimlik vakiliga vaziyatni tuşuntirdim. «Röyxat»ga tuşgan boyagi xodimning ism-familiyasi va u işlaydigan bank nomini ham aytdim. Lekin vaziyat özgarmadi va taniş bankir bugun suhbatga kiradi. Menimça, uni mahallaga ötişga «köndirişadi».
Qandaydir bahaybat majburlov mexanizmi işga tuşgandek göyo...
Prezident nima dedi-yu, «qöbizlari» nima qilyapti?
Har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantiriş va kambağallikni qisqartiriş böyiça «hokim yordamçilari» lavozimlari joriy etilişi haqida prezident Şavkat Mirziyoyev ötgan oyda Surxondaryo viloyatida ötkazilgan saylovoldi uçraşuvida ma'lum qilgan edi.
«Endi har bir mahallaning öz budjeti böladi. Şu orqali ehtiyojmand oilalarga subsidiyalar ajratiş, jamoat işlariga jalb qiliş, yoşlarni kasbga öqitişni taşkil etiş vakolatlari hokim yordamçilariga beriladi.
Hokim yordamçilari iqtisodiyot va investitsiya idoralari, hokimiyatda işlaydigan bilimli va şijoatli yoşlar orasidan tanlanadi. Lavozimga qöyişdan oldin ular ikki oy davomida yangi tizim asosida işlaşga öqitiladi. 2–3 yil mahallada fidokorona işlab, özini körsatganlarni kelgusida rahbarlik lavozimlariga tayinlaymiz.
Mavzuga oid
Agar uşbu yangi tizim barça şahar va tumanlarda samarali taşkil etilsa, uç yilda viloyatda işsizlik va kambağallikni keskin qisqartirişga erişiladi», — degan edi davlat rahbari.
16 oktabr kuni Toşkent viloyati saylovçilari bilan uçraşuvda esa Mirziyoyev hokim yordamçilari nima iş bilan şuğullanişiga oydinlik kiritdi.
«Har bir mahallada joriy etilayotgan hokim yordamçilari lavozimiga közi yonadigan, işbilarmon, yangiliklarni joriy etişdan qörqmaydigan, şaşti baland yoşlarni tanlab olamiz va oylik maoşini munosib qilib beramiz. Ularda zarur mablağ, vakolat va mexanizmlar böladi.
Birinçi bölib, hokim yordamçilari: mahallada uyuşmagan yoşlar, işsizlar, bölajak tadbirkorlar röyxati va ehtiyojlarini aniqlaydi; ularni kasb-hunarga öqitişni taşkil qiladi va pulini tölab beradi; öz işini boşlayotganlarga zarur uskunalar olişga kömaklaşadi; banklar bilan birga, oilaviy tadbirkorlik loyihalarini işlab çiqiş, kredit oliş va işga tuşiriş böyiça yordam beradi.
Tumanni körmagan odam qanday qilib rahbar böladi? Odamlarni rozi qiladigan, işsizlikni kamaytiradigan, bemorlarning davolanişiga kömaklaşadigan, ta'limga e'tibor beradigan — eng muhimi, mahallada özini körsatgan odamni men jamoamga olaman. Bölmasa kerak emas! Qoğozda maqtab işga oladigan vaqt ötib böldi», — degan edi prezident.
Moliyaçilar sarson va norozi
Rosti, hali köpçilik yangi tizim qanday işlaşidan bexabar. Prezident taşabbusi bilan mahallalarda yangi vertikal tizim yaratilişi közda tutilgan, közi yonuvçi, işlayman degan şaşti baland yoşlar bu lavozimga tanlanişi ta'kidlangan bölsa-da, köproq bola-çaqali, öz örnini topgan, hozir işlab turgan kasbini sevadiganlar «issiq örni»ni taşlaşga majburlanib, bu işga ötkazilmoqda.
Ya'ni quyi böğindagi rahbarlar özlariga berilgan vakolatni suiiste'mol qilib, xayrli taşabbusni yomonotliq qilib körsatuvçi xatti-harakatlarni amalga oşirayotganiga guvoh bölmoqdamiz.
Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy özgartirişlar moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boşqariş, raqobatni rivojlantiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari kotibiyatidan işçi guruh a'zolari tasdiqlab berilgan.
Şuningdek, «Hokim yordamçisi» tomonidan mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, yangi iş örinlari va aholida doimiy daromad manbayi yaratiş orqali ularning yaşaş madaniyatini oşiriş böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar hamda mahallalarda hokim yordamçisi lavozimiga tayinlanadigan nomzodlarga qöyiladigan talablar ham e'lon qilingan.
Biroq botga jönatilayotgan murojaatlardan ma'lum bölişiça, e'tirozga sabab bölayotgan harakatlar faqat Samarqand viloyatida emas, butun respublika böylab röy bermoqda ekan.
Quyida uşbu muammoga duç kelgan va aloqa boti orqali menga murojaat qilganlarning e'tirozlari bilan tanişing. Ulardan köpçiligi kelajagidan xavotirda, ism-familiyasini sir tutişni iltimos qilişgan. Lekin ularni taşvişlantirayotgan holat oçiqlanişini istaşadi.
* * *
Bankirning turmuş örtoği, oilasi sifatida majburiy bölayotgan bu holatga qarşiman. Bizning iş, öqiş, farzandlarimiz maktab-boğçasi nima böladi?! Hammasini taşlab, tumanning çekka hududlariga ketişni qişning sovuq kunida umuman xohlamaymiz! Qayerga, kimga murojaat qilib noroziligimizni bildirişim mumkin?
* * *
Oğriqli masalani kötaribsiz. Men Qarşidanman, bank mintaqaviy filialida işlayman. Bizni ham keça viloyat hokimi suhbatga çaqirdi, hokim yordamçiligiga. Suhbatda meni Qarşi şahriga qöying, desam, şaharda joy qolmagan, deb Qarşidan 100 km uzoqlikdagi borsa-kelmas joy — Mirişkor tumaniga borasan, dedi. Mening bu yerda oilam, bola-çaqam bor. 4–5 mln söm oylikka qanday yaşayman? U tuman Turkmaniston bilan çegarada joylaşgan, mahalla idorasi ham bölmasa kerak. U yerga ötsam, şu bilan mening kelajagim öladi.
* * *
Nafaqat biz bankirlarni, balki soliq, moliya va boşqa iqtisodiy kompleks xodimlarini qiynab kelayotgan masalani kötarganingiz uçun sizga rahmat. Tuman hokimlari ularni majburiy tartibda hokim yordamçisi lavozimiga ötkaziş işlarini olib borişmoqda. Uşbu lavozimga ötişga norozi bölgan xodimlardan majburiy tartibda arizalarini oliş boşlangan. Barça hududlar qatori Xorazm viloyati Gurlan tumanida ham şunday.
* * *
Hokim yordamçisi lavozimiga majburan iqtisodçilar ötkazilayotgani ayni haqiqat. 70–80 foiz mutaxassislarning xohişi yöq, ular majburan surgun qilinmoqda. Asosan bank boşqaruvçilari, örinbosarlari va bölim boşliqlarini olişmoqda.
* * *
4 yil institutda öqidim, 8 yil bank tizimida işladim. Endi esa «kerak bölsa stolbadan ayb topişadi» degan gap bilan boşlangan yiğilişda qatnaşdim. Bugun yöq deb aytdim, ular esa işdan böşaşimni aytişdi. Afsus, bu narsalar tugamaydi, şekilli.
* * *
Şovot tumanida ham, nafaqat tumanda, viloyat böyiça yangi mahallabay işlaş böyiça taşkil qilingan hokim yordamçisi lavozimiga majburlab işga ötkazmoqçi bölişmoqda. Respublikadan işçi komissiya kelib, majburlab nomzodi qöyilgan iqtisodiy kompleks xodimlari bilan birma-bir suhbatlaşdi. Hokim yordamçisi lavozimida işlaş istagim yöq, deganlarni esa yuqori turuvçi organiga aytib, işdan oldiriş bilan tahdid qilişdi. Xullas, barçani qörqitib, ularni eski iş joyidan böşab, yangi işga ötişga majburlaşmoqda.
* * *
Men Xorazm viloyatidanman. Bizda ham şu ahvol: buning biror çorasi bormi? Hokim yordamçisi qilişmoqçi. Yöq desak davlatga, prezidentga xiyonat qilyapsan, deb qörqitişyapti. Işlab turgan işingdan ham ketasan va heç qayerda işlay olmaysan, deb majburlaşyapti.
* * *
Xonqa tumanida hokim yordamçisi işiga xodim xohişini inobatga olmasdan, işga çaqirişyapti. Insonda kasb tanlaş erkinligi bormi özi?!
* * *
Şuhrat aka, bu lavozimga ötmaslikning qanday yöli bor? Ezib yuborişdi-ku?! Rozi bölmasang — xalq duşmaniga çiqarişyapti. Nima qilarini bilmay qoldi odam. Özim işlab ötirgan joyimda ham xalqqa xizmat qilyapman-ku?! Qanaqasiga prezident siyosatiga qarşi borgan bölaman?
* * *
Ğallaorolda bitta bankdan 6 kişini olişyapti. Keça 8 soat yiğiliş böldi. Jonga tegdi. Nima qiliş kerak? Yozib çiqara olasizlarmi?
* * *
Bizda ham şunaqa ahvol. Hokim yordamçisi böliş muammosi. Bankda işlab turgan örinbosarlar, bölim boşliqlari xodimlari 3 kundan buyon hokimiyatda. Ötmayman desa boşliqlariga bosim ötkazib, uşlab ötirişibdi. Şu masalani köproq yoriting, zora mutasaddilar prezidentimiz topşiriqlarini pastda notöğri talqin qilişlarini kamaytirişga ozroq bölsa-da hissamiz qöşilsin.
* * *
Bizdan ham 3-4 xodimni majburan hokim yordamçisi qilib olişyapti. Avvalgi iş joyimdan hokimiyatning topşiriği jonga tekkanidan ketgandim. Endi yaxşi işga kirgan edim. Yana boşladi hokimiyat. Bu işxonadan ham majburan ariza yozib, işdan oldirtirib, hokimiyatga topşirtirişyapti. Boşliq ham nima qilar edi?! Hokimning topşiriğiga qarşi çiqarmidi? Buxorodan yozyapman. Özim boşqa tumanda yaşayman. Boşqa tuman hokimi yordamçiligiga ötkazişyapti.
* * *
Hozir köpçilik hokim yordamçisi bölişga unamayapti ekan. Şularning örniga bizga öxşagan vaqtinça işsizlarni olsa bölmaydimi?!
* * *
Agar şunaqa majburlayversa, bankdan yana yaxşi kadrlar özini boşqa sohaga uradi. Yaxşi kadrlar yana banklarni tark etadi. Har bir viloyatda boşlangan bu holat. Hamma viloyatda suhbat bölyapti. Obektivkalar olinyapti. Endi prokuratura aralaşyapti, xodim berasan deb. Faqat iqtisodçi bölişi kerak ekan.
«Boğlangan it ovga yaramas»
Körib turibsizki, moliya, soliq idoralari va banklardagi past maoşli klerk darajasidagi xodimlardan taşqari bölim boşliqlari kabi vazifani egallab turganlar yangi işga ötkazilmoqda. Köpçilik norozi, alamini içiga yutgan.
Lekin joylarda hozir mahallalarning kamida 30–40 foizi öz şaxsiy binosi bölmagan holda, biri maktabda, yana biri kimningdir uyida «siğindi» bölib faoliyat körsatmoqda. Birinçi navbatda şu muammo hal qilinişi kerak emasmi? Hokim yordamçilari qayerda işlaydi?
Ikkinçidan, xalq saylab qöygan mahalla oqsoqollari ham jiğibiyron bölişmoqda: «Mahalladagi muammoni biz borib hokimga aytsak, hal qiliş uçun qölidan heç narsa kelmaydi-ku, endi örinbosar borib aytsa muammo yeçilib qolarmidi?»
Respublika böyiça 9,2 mingga yaqin mahalla bor. U yerga tayinlanayotgan hokim yordamçilari közlangan maqsadga yetkazadimi? Muammolar aniqlanib hal etiladimi yoki har doimgidek xaspöşlanadimi? Muammolarni hal etiş, kambağallikni qisqartiriş uçun va'da qilingan mablağlar talon-toroj etilmasmikan?..