«Dunyo» axborot agentligi xabar qilişiça, Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Finlandiyaning yangi elçisi Yoxanna Mariya Ogrenni qabul qildi.

Uçraşuvda sönggi yillarda Özbekiston va Finlandiya örtasidagi munosabatlar izçil faollaşayotgani qayd etildi. Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş, şuningdek, işbilarmon doiralar örtasidagi töğridan töğri aloqalarni rağbatlantiriş masalalarini muhokama qildi.

Baxtiyor Saidov elçiga Özbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tilab, ikki davlat örtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlaşga qaratilgan taşabbuslar har tomonlama qöllab-quvvatlanişini ta’kidladi.

Ma’lumot uçun, Özbekiston va Finlandiya örtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 26 fevralda örnatilgan.