Zamonaviy qişloq xöjaligi texnikasi haqida söz borganda, John Deere dunyoda eng tanilgan brendlardan biri deb e’tirof etiladi. 360 Research Repors konsalting kompaniyasining tadqiqotlariga köra, Deere & Company korporatsiyasi paxta teriş uskunalari segmentida yetakçilik qilib, bozorning 29 foizini egallab turibdi. Boşqaça aytganda, dunyodagi har uçinçi kombayn amerikalik işlab çiqaruvçining konveyyeridan çiqqan.

Sentyabrda Özbekistonga John Deere CP570 kombaynlarining ilk önta modeli olib kelinişi kutilmoqda. Ilk bor rulonli turdagi paxta teruvçi texnika import qilinmoqda. Xarid haqida qarorga kelişdan oldin test sinovlari ötkazildi. 2024 yili tajriba namunasi Navoiy viloyati dalalarida sinovdan muvaffaqiyatli ötib, kombaynning Özbekiston iqlim şaroitlariga moslaşuvçanligini tasdiqladi. John Deere kombayni 1 dan 15 gektargaça bölgan kiçik dalalarda, buriliş zonalari va infratuzilma tösiqlari bilan çeklangan tor kiriş yöllariga ega yerlarda samarali işlaşini körsatdi.

Savatli tizim rulonli tizimga qarşi: vaqt tejaş omili

Özbekistonda tarqalgan maşinalarda eski savatli terim tizimi qöllanadi. Savatning siğimi 2,5–3 tonna. U tölgandan söng operator paxtani ağdariş uçun kombaynni töxtatadi. Bu tadbir traktorlar, tirkama aravalar va qöşimça işçilarni talab qiladi. Paxtani ağdariş örtaça 20 daqiqa vaqtni oladi, kun davomida esa operator qariyb 10 marta töxtaşga majbur, bu esa terim tezligini sezilarli pasaytiradi.

John Deere CP570 modeli uzluksiz tsikl tartibida işlaydi. Uning işçi tezligi – 7,4 km/s gaça, unumdorligi – soatiga 2,26 gektar. Teriş uskunalari paxtani ösimlikdan mexanik tarzda ajratib oladi va töplagiçga taşlaydi, u yerdan paxta yumaloq toylarni yasaydigan uskunaga kelib tuşadi. Belgilangan ölçamga yetgandan söng rulon himoya plyonkasi bilan öralib, dalaga taşlab ketiladi. Barça işlar texnikani töxtatmasdan amalga oşiriladi.

Rulonli kombaynlar hosil terimini yanada tezlaştiradi. Yiğim-terim mavsumi bir oy davom etadigan Özbekiston uçun vaqt omili muhim. Oktyabr maqbul davr, çunki noyabrda yoğin-soçin boşlanib, xomaşyoning navdorligi va narxi pasayadi. John Deere CP570 maşinasining yuqori unumdorligi paxtaning yomğirlardan buzilişi xavfini kamaytirib, fermerlarga xarid narxini saqlab qolişga imkon yaratadi.