Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida «Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi qonun loyihasi birinçi öqişda qabul qilindi.
2022 yil uçun davlat budjeti daromadlari 200 trillion söm, xarajatlari esa 215,4 trillion söm miqdorida bölişi rejalaştirilyapti.
Kun.uz kelayotgan yilda ta'lim va yoşlar uçun ajratilgan mablağlarni 2021 yilga nisbatan qançalik farq qilişini tahlil qildi.
Oliy ta'limga ötgan yilga nisbatan köproq mablağ ajratiladi
2022 yilda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligiga 4,1 trln söm ajratiladi.
Bu mablağ 2021 yilda 2,9 trln sömni taşkil etgan. Kelayotgan yilda oliy ta'limga 1,1 trln söm köproq mablağ sarflanişi kutilmoqda.
Talabalar turar joylari va «Yoşlar daftari»ga mablağlar:
- 2022 yilda Oliy ta'limga ajratilgan mablağlar hisobidan davlat-xususiy şeriklik va davlat oliy ta'lim muassasasining buyurtmasi asosida talabalar turar joyini barpo etiş böyiça loyihalarga subsidiyalar uçun — 178 mlrd söm;
- «Yoşlar daftari»ga kiritilgan yoşlarga amaliyot ötagan vaqtida bazaviy hisoblaş miqdorining ikki baravari miqdorida har oylik subsidiyalar uçun — 14,6 mlrd söm ajratilmoqda.
Aytiş kerakki, 2021 yilgi budjet qonunidan yotoqxona bilan qamrab olinmagan va uyda ijara huquqi asosida yaşaydigan talabalarning oylik ijara töloviga subsidiyalar uçun 72 mlrd söm ajratilgan. 2022 yilda ijara subsidiyalari nazarda tutilmagan.
Xalq ta'limi uçun ötgan yilga nisbatan köproq sarflanadi:
2022 yilda xalq ta'limi vazirligiga 25,8 trln söm ajratiladi. Tugayotgan 2021 yilda esa bu mablağ 22,1 trln sömni taşkil etgan.
Joriy yil maktablarni internet tarmoğiga ulaş uçun 98 mlrd söm ajratilgan bölsa, 2022 yilda 198 mlrd söm sarflanadi.
Kelayotgan yilda Respublika maqsadli kitob jamğarmasiga transfertlarga 600 mlrd ajratilişi kutilmoqda. 2021 yilda esa bu xarajatlar 208 mlrd söm bölgan.
Maktabgaça ta'limga mablağlar özgarişsiz qoladi
2021 yilda maktabgaça ta'lim vazirligiga 6,5 trln söm mablağ ajratilgan bölsa, uşbu mablağ 2022 yilda ham özgarişsiz qoldiriladi.
Yoşlar va ta'lim uçun boşqa xarajatlar:
2022 yilda Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligiga ajratilgan mablağlar hisobidan yoşlarning xalqaro «IT» sertifikatlarini oliş xarajatlarining bir qismini qoplaş xarajatlari uçun 4,7 mlrd söm ajratiladi;
Şuningdek, Yoşlar işlari agentligiga 212 mlrd söm, şundan rivojlantiriş dasturlari uçun xarajatlar 50 mlrd, yoşlar bandligiga kömaklaşiş va ularning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş uçun subsidiyalarga 50 mlrd söm sarflanadi.
2021 yilda agentlikka 317,9 mlrd söm ajratilgandi.
Mutaxassislarni xorijda öqitiş xarajatlari:
2021 yilda El-yurt umidi jamğarmasiga mutaxassislarni xorijda tayyorlaş uçun 142,6 mlrd söm ajratilgan bölsa, kelayotgan yilda bu mablağ 170 mlrd sömni taşkil qilişi kutilmoqda.













