Moliya vazirligi axborot xizmati 2022 yil uchun Davlat budjeti loyihasini e'lon qildi.

2022 yilda yalpi ichki mahsulotning 6 foiz o‘sishi prognoz qilingan bo‘lsa, inflatsiya darajasining pasayish tendensiyasi davom etib, 2022 yilda 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

2022 yil uchun davlat budjeti daromadlari 200 trillion so‘m, xarajatlari esa davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni inobatga olgan holda 215,4 trillion so‘m miqdorida ajratilishi rejalashtirilgan.

2022 yilda davlat tashkilotlariga ajratilayotgan mablag‘lar:

  • Xalq ta'limi vazirligi — 25,8 trln;
  • Maktabgacha ta'lim vazirligi — 6,5 trln;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi — 4,1 trln
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi — 3,06 trln;
  • Madaniyat vazirligi — 728 mlrd;
  • Innovatsion rivojlanish vazirligi — 843,3 mlrd;
  • Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi — 1,324 trln;
  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 615,8 mlrd;
  • Suv xo‘jaligi vazirligi — 3,44 trln;
  • Energetika vazirligi — 55 mlrd;
  • Transport vazirligi — 5,87 trln;
  • Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qo‘mitasi — 38,4 mlrd;
  • Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi — 1,1 trln;
  • Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi — 186,6 mlrd;
  • Turizm va sport vazirligi — 1,7 trln;
  • Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi — 14,3 mlrd;
  • O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi — 136,8 mlrd;
  • Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi — 246,8 mlrd;
  • Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi — 8,9 mlrd;
  • Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — 10,7 mlrd;
  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — 1,25 trln;