Öşa kunlar tuşga aylansin...

Bemorning onasi Mohira qizining xastalanişi tufayli boşidan ötayotgan taşvişli kunlar haqida şunday deydi: “Öşa kunlarimizning tuşga aylanişini xohlayman. Qizimning ahvolidan özim qörqib ketdim: terisi suyakka yopişgan, tanasidagi barça tomirlar körinib turardi.

Bolam çekkan oğriqlarga katta odam çiday olmaydi. Lekin buni tomoşa qilib turiş ona uçun azob ekan”.

Durdona tuzalişi uçun bor-budini sotib sarflayotgan oilaga yaqinlari ham yordam berişgan. Lekin qizaloqning butunlay soğayişi uçun hali ança muddat davolaniş zarur.

Durdona Qurbonovaga oid ma'lumotlar:

Özkard: 8600 0451 3559 2451 onasi Mohira Eşmatova nomida

Özkard: 8600 0604 0398 7010 onasi Mohira Eşmatova nomida

Özi suyib egiz farzand bergandi – biri dardga çalindi

Bu oilada egizak farzandlarning dunyoga kelişi hammaga quvonç bağişlagan edi. Ammo 2,5 yoşli Husanning oqqon bilan kasallanişi çeksiz kulfat kabi keldi.

“Ikki marta oğirlaşib ölim holatidan qaytdi. Bolamni berib qöygim kelmadi. Özi farzandlarimning otasi egizak - Fotima-Husan. Baxtimizga farzandlarim ham Hasan-Husanlar bölişdi.Özi suyib egiz farzand bergandi. Ular bir-birlarisiz yaşay olmaydi. Men esa ularsiz yaşay olmayman”, deya ökinç bilan sözlaydi onasi Gavharoy.

Husan Karimovga oid ma'lumotlar:

Özkard: 8600 0451 4234 1926 otasi Husan Xidirov nomida

Sberbank: 5336 6902 4293 7953 tanişi Jasurbek Igitov nomida

Bolamning kasali boşqaça ekanligini yuragim sezdi

Öqişni, sportni sevadigan 15 yoşli Şahzodning hayotini oqqon butunlay özgartirib yubordi. Endi u boşqa tengdoşlari kabi maktabda öqiş, futbol öynaş örniga şifoxona devorlariga tikilib vaqt ötkazadi.

Dard faqatgina uning hayotini emas, butun oila taqdirini özgartirib yuborgan. Hozir uni davolatiş uçun otasi viloyatda ustaçilik bilan şuğullanadi. Şifoxonaga muntazam qatnayotgan onasi esa farzandlari bilan poytaxtda ijarada yaşaşadi.

Şahzod Tillaboyevga oid ma'lumotlar:

Özkard: 8600 0451 8191 4575 onasi Zulxumor Ğoppirova nomida

Özkard: 8600 0424 1096 3762 onasi Zulxumor Ğoppirova nomida

Bu kasallikning nomini aytişga yuragim çidamaydi

Xuşnoza olis Buxorodan kelib davolanadi. Uning beğubor közlariga qaraganda adoğsiz mungni anglaş mumkin.

“Bolalar ham şunday kasalga çalinişi mumkinligini bilmas ekanman. Qizimda oqqon aniqlangani otasiga ham, menga ham katta zarba böldi.

Şu dardga çalinganiga 8 oy bölyapti hamki, kasallikning nomini aytişga qörqaman. Aytişga yuragim çidamaydi. Onani yaratmasin ekan”, deb zorlanadi hasrati közlarida ayon bölayotgan ona.

Xuşnoza Erkinovaga oid ma'lumotlar:

Özkard: 8600 0423 8961 8942 onasi Xurşida Hotamova nomida

Humo: 9860 0301 0793 9248 onasi Xurşida Xotamova nomida

Oramizda bizning kömagimizga, daldamizga muhtoj, sinovi oğir kelayotgan ota-onalarning borligi haqiqat. Ular özlari uçun balki birovdan yordam söramasligi mumkin, ammo farzandlari uçun bunga majbur bölişmoqda.

Gulmira Toşniyozova tayyorladi.
Tasvirçi: Abduqodir Tölqinov
Montaj ustasi: Azimjon Vohidov