Qömita xabariga köra, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida Özbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,5 mln AQŞ dollariga teng bölgan 714 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.
Yuk avtomobillari eksporti ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 37 taga kamaygan.
Özbekiston 10 oyda yuk avtomobillarini eng köp eksport qilgan davlatlar quyidagiça:
- Qozoğiston — 505 ta;
- Qirğiziston — 84 ta;
- Singapur — 71 ta;
- Afğoniston — 29 ta.
Qayd etilişiça, 10 oyda 3257 dona yuk avtomobillari işlab çiqarilgan.
Özbekistonda aholiga tegişli bölgan 168 810 ta yuk avtomobillari bor.












