Prezident mazkur majmua qurilişiga 2019 yil 20 noyabrda tamal toşi qöygan edi. Bu galgi taşrifda bunyodkorlik işlarining borişi közdan keçirildi.
Bugungi kunda 20-25 qavatli 6 ta ofis binosi qad kötargan. Konferensiya zali qurilişi yakuniy bosqiçga kirgan. Bu yerda jami 17 ta imorat barpo etiladi. Ular 9 balldan yuqori zilzilaga çidamli böladi.

Texnologik parkda IT-taşkilotlar, universitet, konferensiya zali, kovorking markazi özaro uzviy faoliyat olib boradi. Majmua hududida xizmat uylari, mehmonxona, kafe va restoranlar, dökonlar, sport maydoni, dam oliş joylari ham böladi. Yer ostida 3 qavatli avtoturargoh quriladi.
Prezidentga uşbu obektlarda böladigan şaroitlar, sohadagi natijalar haqida ma'lumot berildi.
Zamonaviy şaroitlar yaratilib, yetuk mutaxassislar tayyorlanayotgani samarasida sönggi beş yilda axborot texnologiyalari sohasida eksport hajmi 50 barobardan ziyod ösgani qayd etildi.
– Hozirgi zamonda xizmatlarning katta qismi axborot texnologiyalari orqali körsatilyapti. Boşqa sohalarning ham samaradorligi şunga boğliq. Şuning uçun bu yerdagi şaroitlarni kengaytirib, zamonaviy IT-xabga aylantiriş kerak, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi hamda uning tizimidagi quyi taşkilotlarni şu yerga köçirib, bank va IT-kompaniyalarni jalb etib, texnoparkni yaxlit kompleks tarzida rivojlantiriş, soha vakillari uçun qulay muhit yaratiş böyiça körsatmalar berildi.

Davlat rahbari şu yerda IT sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va tadbirkorlar bilan suhbatlaşdi, Mirzo Uluğbek tumanidagi mahallalar raislari hamda tuman hokimining mahallada tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini ta'minlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça hokim yordamçilari bilan muloqot qildi








