Bu haqda Buxoro şahrida ötkazilgan qişloq xöjaligi xodimlari kuniga bağişlangan tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov ma'lum qildi. Viloyatda joriy yilda 345 ming tonna paxta terib olingan. Bu keyingi 20 yilda erişilmagan körsatkiç bölib, örtaça hosildorlik 35,2 sentnerni taşkil etgan. Natijada fermer xöjaliklari 2,4 trln söm daromad,650 mlrd sömdan ortiq sof foyda qilgan.


Ta'kidlanişiça, joriy yilda viloyat böyiça 447 ming tonnadan ortiq ğalla yetiştirilib, örtaça hosildorlik 57 sentnerdan oşdi. Pillakorlar tomonidan esa 42 ming 36 quti ipak qurti parvariş qilinib, 2 400 tonnaga yaqin pilla xomaşyosi yetiştirildi. Joriy yilda viloyatda qişloq xöjaligi ekinlaridan aholi daromadlari 1,8 trln sömni taşkil qilgan.


Hosil bayramida viloyat agrar sohasida xizmat qilayotgan bir guruh fidoyilar qişloq xöjaligi, suv xöjaligi vazirliklari va viloyat hokimligi, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşining kökrak nişoni, faxriy yorliq va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Ularga “Qişloq xöjaligi fidoiysi”, “Ilğor fermer”, “Namunali tomorqaçi”, “Mehnatkaş dexqon” kabi kökrak nişonlari topşirildi.









