Sayohat vaqtida tuğilgan startap yoxud Netflix’ning hayratga soluvçi tarixi
|01:04 / 13.12.202112 37510 min
Hozirgi kunda, şubhasiz, millionlab insonlar uçun maza qilib kino köradigan joy de-facto Netflix platformasidir. Birgina uşbu servis butun dunyo internet ötkazişining 15 foizini taşkil qilişi ham yuqoridagi faktni tasdiqlaydi.
Foto: AFPFoto: AFP
Poçta orqali DVD yetkazib beriş xizmati
Öz faoliyatini oddiygina poçta orqali DVD’larni yetkazib beriş bilan boşlagan Netflix ilk bor 1997 yil avgust oyida ikki tadbirkor –Mark Rendolf va Rid Hastings tomonidan taşkil etilgan. Scots Valley (Kaliforniya)da iş boşlagan kompaniya hozirga kelib dunyoning yetakçi internet-köngiloçar platformalaridan biriga aylangan.
Kompaniya dastlab oçilganda faqatgina filmlar ijarasi xizmati bilan şuğullanar edi. Foydalanuvçilar Netflix veb-saytida kinolarga buyurtma berişar hamda poçta orqali DVD’larni olişardi. Filmlarni tomoşa qilib bölgaç, şunçaki ularni özlari kelgan konvertlarda Netflix’ga qaytarişardi. Öşa paytlarda özi yaşaydigan yaqin atrofda videolarni ijaraga beruvçi dökon bölmagani uçun bu xizmat ajoyib yangilik sifatida körilgan.
Bugunga kelib Netflix kinofilmlar uzatiş kompaniyasi dunyoning 200 ga yaqin mamlakatida 200 milliondan ortiq pullik obunaçilarga ega. U turli xil janrlar va tillarda keng kölamli teleseriallar, hujjatli va badiiy filmlarni taqdim etadi.
Kompaniyaning ikki asosçisi
Rid Hastings 1997 yilda Netflix’ga asos solgan biznesmenlardan biri hisoblanadi. U avvalroq 1991 yilda dasturiy ta'minot işlab çiquvçilar uçun asbob-uskunalar tayyorlovçi Pure Software kompaniyasiga asos solgan. Uşbu kompaniya 1995 yildagi IPO va bir neçta xaridlardan söng 1997 yilda Rational Software tomonidan sotib olingan.
Hastings 1983 yilda Bouduin kollejida bakalavr va 1988 yilda Stenford universitetida sun'iy intellekt böyiça magistr darajasini oldi. Uşbu davr oraliğida u Tinçlik Korpusi safida Svazilenddagi örta maktab matematika öqituvçisi sifatida işlagan. Bundan taşqari, Kaliforniya ştati ta'lim kengaşida va bir neçta ta'lim taşkilotlari kengaşida faoliyat olib borgan. Bugungi kunda ta'limga faol xayriya qiladi.
Kompaniyaning navbatdagi asosçisi Mark Rendolf Silikon vodiysidagi faxriy tadbirkor, maslahatçi va investor hisoblanadi. Netflix asosçilaridan biri va boş direktori sifatida u 150 million obunaçiga yetgan hamda jahon media tajribasini tubdan özgartirib yuborgan xizmat paydo bölişida jonbozlik körsatgan.
Rendolf universitetni geologiya mutaxassisligi böyiça tamomlagan va Netflix’dan oldin turli xil poçta va mijozlarga buyurtma beruvçi kompaniyalarni taşkil etgan va boşqargan. Rendolf öz faoliyati davomida kamida oltita muvaffaqiyatli startapga asos solgan. 1984 yilda asos solingan Masworld jurnali şular jumlasidandir. Şuningdek, yuzlab boşlanğiç tadbirkorlarga ustozlik qilgan.
Mavzuga oid
Mijozlar eşigiga qadar yetkazib berişardi
Yuqorida aytib ötilganidek, Netflix 1997 yilda Kaliforniya ştatining Skots vodiysida taşkil etilgan. U dastlab ijara uçun tölov amaliyotidan foydalangan holda, poçta orqali DVD’larni yetkazib beriş xizmatlarini körsatgan. Foydalanuvçilar Netflix veb-saytida özlari xohlagan filmni izlab tanlaşardi va buyurtma berişadi. Netflix esa uni mijozning eşigiga qadar yetkazib berardi. Ijaraga oluvçilar DVD’larni körib bölgaç, ularni şunçaki qaytarib jönatişardi. Ijara narxi taxminan 4 dollar, poçta tölovi esa 2 dollar atrofida bölardi.
Kompaniya xizmatlariga talab keskin oşganidan söng Netflix obunaçilarga asoslangan modelga ötdi. Uşbu modelda foydalanuvçilar DVD disklarini xohlagança özlari bilan olib qolişlari mumkin edi, ammo faqatgina eski filmni qaytarib yangisini ijaraga olişlari mumkin edi.
Nimaga aynan Netflix?
Netflix nega aynan şu nom bilan atalişi haqida köpçilik ma'lumotga ega bölişi mumkin. Bilmaganlar uçun qöşimça eslatma: Netflix sözi “Net” (internet sözining qisqartmasi) hamda “Flix” (odatda flick, kino va seriallarning umumiy qisqartma nomi) sözlarining birlaşuvidan hosil bölgan.
Hammuassislikda boşlangan startap
Netflix taşkil etilgan vaqtda Rendolf Hasting kompaniyasining Pure Atria bölimida marketing böyiça direktor bölib işlayotgan edi. U, şuningdek, MicroWareHouse (kompyuter poçta-buyurtma kompaniyasi) hammuassisi edi. Köplab ma'lumotlarga köra, juftlik Netflix ğoyasini Santa-Kruzdagi uylari va Sunniveyldagi Pure Atria kompaniyasi ştab-kvartirasi orasida sayohat paytida öylab topişgan.
Kompaniya uçun Hastings boşlanğiç kapitalni ta'minlaydi va uşbu startapga 2,5 million dollar sarmoya kiritadi. Öşa davrdagi Amazonning elektron tijorat modelidan ilhomlanib, juftlik şunga öxşaş tarzda internet orqali sotişda foydalaniş mumkin bölgan turli xil portativ materiallarni örganib çiqişadi.
Netflix 1998 yil aprel oyida dunyodagi birinçi onlayn DVD ijara kompaniyalaridan biri sifatida işga tuşirildi. Öşa davrda unda bor-yöği bir neçta xodim mehnat qilardi.
Kompaniya bosib ötgan yillar va yöllar:
1997. Hammasi şu vaqtdan boşlandi. Ikkita tadbirkor hamkorlikda onlayn kino ijarasi bilan şuğullanadigan kompaniyaga asos soladi.
1998. Kompaniya özining Netflix.com saytida ilk DVD ijarasini yölga qöyadi.
1999. Bir oylik arzon narxlarda çeksiz DVD ijarasini taklif qilgan obuna xizmatini sinab köradi.
2000. Tarmoqning barça a'zolari orasidagi baholaş orqali filmlarni tavsiya qiliş tizimini işga tuşiradi.
2002 yilda ommaga taqdim etilgan
AQŞda a'zolari soni 600 000 ni taşkil etgan Netflix 2002 yilda Nasdaq’da “NFLX” belgisi ostida öz IPÖsini amalga oşiradi. Kompaniya aksiyasi dastlab 15 AQŞ dollariga baholangan. Öşa yilni kompaniya 857 000 ga yaqin obunaçi bilan yakunlaydi.
2003 yilda Netflix 1 milliondan ortiq a'zoga ega bölib yangi rekord örnatdi. Kompaniya, şuningdek, AQŞ Patent va savdo belgilari idorasidan öz obunasini ijaraga beriş xizmati uçun patent oladi. Aynan şu yilda kompaniya hammuassisi Mark Randolf boşqaruv kengaşi a'zoligidan ketadi va Netflix’ni tark etadi.
1 million dollarlik mukofot
Şundan söng Netflix obunaçilari soni yildan yilga ösib bordi. 2004 yilda 2 million obunaçiga erişgan tarmoqdan 2005 yilda 4,2 mln inson foydalana boşladi. 2006 yilda kompaniya rekord darajadagi foydalanuvçi soni – 5 millionga yetdi. Kompaniya, şuningdek, filmlarni tavsiya etişda belgilangan miqdorga erişa olgan birinçi şaxs yoki jamoaga 1 million dollar va'da qilib, özining “Netflix mukofoti”ni işga tuşiradi. Kompaniya filmlarni birdan beş yulduzgaça baholovçi tizimdan foydalangan holda 100 millionga yaqin anonim filmlar reytingini çiqardi. Bu şu kungaça e'lon qilingan bu kabi ma'lumotlarning eng katta töplami edi.
Bepul körsatuvlar va filmlar...
2007 yilda kompaniya Watch now deb atalgan uzatiş tizimini yölga qöydi. Uşbu tizim Netflix obunaçilariga telekörsatuvlar va filmlarni şaxsiy kompyuterlarida köriş imkonini berardi. Dastlab uşbu tizim foydalanuvçilarning obuna rejasidan kelib çiqqan holda bepul uzatiş soatlari oyiga maksimal 18 soat etib belgilangan. 2007 yil oxiriga kelib Netflix 7,5 million obunaçiga ega böldi, bu ötgan yilga nisbatan deyarli 20 foizga köp edi.
Netflix dunyoni egallab borardi
Şunday qilib tarmoq öz xizmatlarini butun dunyo böylab taqdim qila boşladi. Obunaçilar soni yil sayin ösib borar, körsatiladigan xizmatlar turi va sifati yangilanişdan töxtamasdi. Dastlab Kanada, söng Yevropa mamlakatlari, keyinçalik Osiyo davlatlari ham “zabt etila” boşlandi. Playstation, Apple, Amazon qurilmalari bilan aloqa boğlaş imkoniyatlari yaratildi. Kompaniya uçun 2014 yil 7 ta Creative Emmy Rewards mukofoti va 50 million global obunaçi bilan yakunlandi. 2015 yilda Netflix Avstraliya, Yangi Zelandiya va Yaponiyada işga tuşirildi, Italiya, Ispaniya va Portugaliya böylab kengayişda davom etadi. Birinçi Netflix original badiiy filmi Beass of No Nation ham şu yilda yaratildi. Şuningdek, Meksikaning Club de Cuervoc komediyasi bilan özining ingliz tilida bölmagan birinçi original serialini ham taqdim etdi.
2016 yilda öz qamrovini 190 ta davlatga tarqatişga erişgan kompaniya öz dasturlarini 21 ta tilda namoyiş eta olardi. Aynan şu yili Netflix TV seriallar va şoularni oflayn köriş maqsadida “yuklab oliş” funksiyasini işga tuşirdi. Kelgusi yilda 100 million obunaçiga erişgan tarmoq öz obrösini La Casa de Papel (Ispaniya), Suburra: Blood on Rome (Italiya), va Dark (Germaniya) filmlari bilan boyitdi.
Kompaniya bir-biridan ajoyib nominatsiyalarda ğolib bölişdan töxtamas, hatto Angliya Premer ligasi öyinlarini jonli translatsiya qiliş va “Uzuklar hukmdori” serialini efirga uzatiş huquqini sotib olgan Amazon ham Netflix’dan ortda edi.
2021 yil oktabr holatiga köra, Netflix butun dunyo böylab 214 milliondan ortiq obunaçiga ega, jumladan AQŞ va Kanadada 74 million, Yevropa, Yaqin Şarq va Afrikada 70 million, Lotin Amerikasida 39 million va Osiyo-Tinç okeani mintaqasida 30 million. Netflix uçun obuna tariflari narxi oyiga 7,99 dollardan 11,99 dollargaça yetadi. Nasdaq’da bitta Netflix aksiyasining narxi 602 dollarni taşkil etib, umumiy bozor kapitalizatsiyasi 266,7 milliard dollardan ortiqroq.