Markaziy bank 22 dekabrdan boşlab 50 va 100 ming sömlik yangi banknotlar çiqarilişini e’lon qilgan edi.
Bu bilan muomaladagi barça banknotlarni ixçamlaştiriş, ularni Buyuk ipak yöli mavzusi atrofida birlaştiriş va pullarga zamonaviy himoya elementlarini kiritiş jarayoni deyarli yakunlanadi.
Şu tariqa 1000 sömlik banknotdan taşqari, Özbekistonda muomalada bölgan barça qoğoz pullarning dizayni yangilandi.
Markaziy bank matbuot xizmatining Kun.uz'ga bildirişiça, 1000 sömlik kupyuraning ham yangilanişi borasida hozirça aniq ma’lumot yöq.
Qayd etiş lozim, 1000 sömlik kupyura 2001 yilda muomalaga kiritilgan bölib, 2013 yilda 5 ming sömlik kupyura paydo bölguniga qadar eng katta qiymatga ega söm banknota bölib kelgan.
Ayni paytda 1000 sömlik kirill alifbosidan foydalanilgan yagona banknota bölib qolmoqda.
Eslatib ötamiz, yangi banknotlarning muomalaga kiritilişi bilan eski banknotlardan foydalaniş çeklanmaydi. Eski pullar sekin-asta tabiiy yöl bilan yangilariga almaştirib boriladi.











