Buxoro viloyatida haydovçilik guvohnomasi olib beriş uçun tamagirlik qilgan şaxs qölga olindi.
Buxoro viloyati IIB xabariga köra, 34 yoşli R.R. özga bir fuqaroni aldab, unga vakolatli tanişlari orqali 650 ming söm evaziga haydovçilik guvohnomasi olib berişni va’da qilgan. U huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda kimyoviy işlov berilgan pullarni olayotganda uşlangan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.
Oldinroq Jizzaxda fuqaroga öquv maşğulotlariga qatnaşmasdan «V» toifadagi guvohnoma olib berişi evaziga 1,2 million söm söragan şaxs va uning avtomaktabdagi şerigi, ayni şu «xizmat» uçun 400 ming söm pora talab qilgan avtomaktab xodimi, Ğijduvon tumanida fuqaroni tanişlari orqali imtihondan ötkazib qöyib, haydovçilik guvohnomasini «hal qilib beriş» maqsadida 2,45 million söm olgan şaxs uşlangandi.
Bu turdagi jinoyatlarning sodir etilayotgani sohada inson omili köpligi bilan boğliq. Şu sababli kelgusida haydovçilik guvohnomasi oliş uçun imtihonlar respublika böylab bosqiçma-bosqiç xususiy markazlarda amalga oşirilişi, bunda imtihonlar töliq inson faktoridan xoli tarzda, avtomatlaştirilgan elektron tizim orqali qabul qilinişi rejalaştirilmoqda.
Savol tuğiladi: sohada amalga oşirilişi kutilayotgan islohotlar tizimni korrupsiya çangalidan qutqara oladimi? Albatta, imtihon oliş jarayoni şaffof va inson omilidan xoli bölmasa, tizim korrupsiya botqoğida qolaveradi. Vaziyat önglanmas ekan, köçalarda öqimagan malakasiz haydovçilar köpayaveradi, ular tomonidan sodir etilayotgan yöl-transport hodisalari oqibatida har yili minglab insonlar halok bölaveradi.











