Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Belarusda Rossiya yadro quroli joylaştirilişi töğrisidagi savolga javob berdi.
«Çegaralarimizda bizga nisbatan xatar uyğotadigan turli qurollarning joylaştirilişi vaziyatni muvozanatlaştiriş uçun tegişli qadamlar taşlaşni talab qilişi heç kimga sir emas. Bu yerda turli xil variantlar bölişi mumkin», — dedi Peskov.
Avvalroq Belarus taşqi işlar vaziri Vladimir Makey Minsk öz hududida yadro qurolini joylaştiriş imkoniyatini körib çiqayotganini aytgandi.
Noyabr oxirlarida Belarus yetakçisi Aleksandr Lukaşenko “RIA Novosti” axborot agentligiga bergan intervyusida NATO Polşada yadro qurolini joylaştirsa, unda Belarus öz hududida Rossiyadan şunday qurolni joylaştirişni söraşini bildirgandi.












