Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi davlat taşkilotlarining oçiqlik darajasini oşiriş böyiça takliflar işlab çiqdi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, bu haqda agentlik direktori Akmal Burhonov 21 dekabr kuni Senatning oçiqlik qömitasi majlisida bergan hisobotida ma’lum qilgan.
Agentlik takliflari quyidagilar:
- fuqarolarning Haj va Umra safarlariga boriş uçun navbatga turiş va yuritişni töliq davlat xizmatlari markazlariga ötkaziş orqali inson omilidan xoli, oçiqlik va şaffoflik prinsiplari hamda raqamli texnologiyalarga asoslangan tizimni joriy etiş;
- fuqaroning identifikatsiya qiluvçi ma’lumotini kiritiş yordamida (masalan, pasport seriya va raqami) uning nomiga rasmiylaştirilgan barça IMEI-kodlari va uşbu kodlar orqali foydalanilib kelinayotgan qurilmalarini biliş imkonini beruvçi xizmatni işga tuşiriş;
- davlat organi va taşkilotlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar töliq, sifatli va öz vaqtida e’lon qilinişini ta’minlaş maqsadida Agentlik tomonidan ma’lumotlarni e’lon qiliş uçun namunaviy şakllarni işlab çiqiş va tasdiqlaş;
- davlat budjeti, şuningdek, xalqaro moliya institutlari mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan loyihalar, şu jumladan istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari böyiça ularning yakuniy texnik-iqtisodiy asosi va boşqa loyiha hujjatlari oçiq e’lon qilinişini ta’minlaş va boşqalar.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent metrosini kengaytirişning texnik-iqtisodiy asoslari loyihani amalga oşiriş boşlanganidan 4 yil ötib tasdiqlangan edi.








