Jumladan, rejissyor Xvan Don Xyok köpçilik undan serialdagi öyin iştirokçilari soni nega aynan 456 nafar qilib tanlangani va bu nimani anglatişi haqida söraşini aytgan. Uning ta’kidlaşiça, dastlab serial uçun kastingdan mingdan köproq kişi ötgan, biroq bu raqamlar haddan ziyod köp ekani tuşunarli hol edi.

Ma’lumot uçun, serialdagi xavfli öyin iştirokçilari umumiy soni 456 nafar böladi, ğolib oladigan jami mukofot puli esa 45,6 mlrd vonni, ya’ni öyindan çiqib ketgan har bir iştirokçi uçun 100 mln vonni taşkil qiladi. 

“Janubiy Koreyada lotereyada yutib olingan eng yirik pul mukofoti 40 mlrd von bölgandi. Biz ham şundan kelib çiqib pul mukofotini belgiladik, söngra öyin iştirokçilari sonini öylab topdik. 456 sonini tanlaşimizning sababi şundaki, u tomoşabinlar oson eslab qoladigan sondir”, deb tuşuntirgan Xyok.

Rejissyorning ta’kidlaşiça, ba’zida serial muxlislari u haqida şunday ajabtovur va antiqa farazlar bildirişadiki, gohida u özini bu rostdan ham haqiqat ekandek tutişni istaydi.

Sentyabrda Netflix striming xizmatida namoyiş qilingan serial uning tarixidagi eng katta kölamli loyiha böldi. Kompaniya serialning muvaffaqiyati evaziga 900 mln dollardan köproq sof foyda olgan.