«Biznes Kouçing» özi nima va tadbirkorga nima bera oladi?

«Katta bizneslar kattalaşib boraveradi, kiçiklari esa yuzaga çiqmaydi — yopilib ketadi yoki bir joyda rivojlanmay qolaveradi. Çunki...». Bu gaplarni aytar ekan, odamlar turli vajlarni misol qilib keltiradi, ammo masalaning mohiyatiga yetiş uçun ozgina izlaniş, fikr qiliş, öz ustida işlaş, yangiliklarni örganiş va zamon bilan hamnafas böliş kerakligi haqida öylab körmaydi.

Yirik kompaniyalar haqida gap ketsa, işonç bilan aytiş mumkinki, ularning asosçilari, rahbarlari va top-menejyerlari muntazam ravişda öz ustida işlaydigan, yangi bilimlar oliş harakatida böladigan odamlardir. Buning uçun esa ular turli kouçinglarda iştirok etadi, treninglarda qatnaşadi, kitob öqiydi.

Endi öylab köring, öz ustida işlamaydigan, zamondan ortda qolgan uslublar yordamida öz faoliyatini yuritadigan, heç bölmasa 1 oyda birgina kitob öqimaydigan tadbirkorning biznesi rivojlanmay qolaverişi yoki vaqt ötişi bilan tanazzulga yuz tutişi tabiiy hol emasmi?

Foto: bk.pcg.uz

Kun sayin biznes qiliş qiyinlaşib bormoqda, negaki deyarli har bir sohada raqobat kuçaymoqda, özgarişlar kuzatilmoqda, yangiliklar paydo bölmoqda. Şiddat bilan özgarib borayotgan bunday şaroitlarda muvaffaqiyatga erişiş uçun mijozlarning ehtiyojlarini qondira oladigan, odamlarning muammolarini bartaraf qiladigan va şu bilan birga, bunda raqobatçilarni ortda qoldiradigan taklif bera oliş kerak.

Biznesini muayyan bosqiçga yetgandan söng rivojlantira olmayotgan korxona egalarida talaygina savollar bölişi mumkin. Nima uçun öz faoliyatini mendan keyin boşlagan raqobatçilarim mendan özib ketyapti? Nima uçun sotuvlar hajmi tuşib ketyapti? Nega sotuvlar orsa ham, sof daromad ortmayapti? Nima qiliş kerak?

Kuni keça yakunlangan Ibrahim Gulyamovning «Biznes Kouçing 14» dasturi tinglovçilari aynan mana şu özlarini doimiy qiynab kelgan savollarga javob olişdi va muammolarining yeçimini aniqlab, amaliy yutuqlarga erişişdi.

Foto: bk.pcg.uz

Biznes Kouçing dasturi — tadbirkorlar uçun möljallangan, 2 oyda biznesni tizimlaştiriş, marketing va sotuv mexanizmlarini yölga qöyiş orqali korxonaning sof foydasini oşirişga qaratilgan dastur. Misol uçun, «Biznes Kouçing 14» kursini 600ga yaqin biznes egasi bitirdi. 56 foiz iştirokçidan olingan ma’lumotga köra, ularning umumiy sof foydasi 2 oyda 1 400 000 dollarga oşdi.