Oxirgi vaqtlarda Toşkent metrosida yölovçilar soni keskin oşib, tiqilinçlar odatiy holga aylanib bormoqda. Kunning tiğiz vaqtlarida ayrim yölovçilar poyezdga siğmay qolayotgan holatlar ham köpayib qoldi.

Kun.uz muxbiri bu masalada “Toşkent metropoliteni” DUK Harakat xizmati boşliği Culton Qodirov bilan suhbatda böldi.

Mas’ulning sözlariga köra, hozirda metro poyezdlarida bir kunda 400-410 ming nafar yölovçi taşilmoqda. Taqqoslaş uçun, yölovçilar soni sentabr oyida kunlik 380 ming, 2021 yil yanvaridan may oyigaça esa 300-320 ming kişi atrofida bölgan.

2020 yil sentyabr oyida metro poyezdlarida kuniga 200-220 ming nafar yölovçi taşilgan ekan.

Kun.uz avvalroq Toşkent metrosidagi 59 ta poyezddan 44 tasining işga tuşirilganiga 21 yildan 40 yilgaça vaqt ötgani haqida yozgandi. Ayni paytdagi harakat tarkibining (4 vagonli poyezd) yoşi örtaça 38 yoşni taşkil etyapti.

“Ularning hammasini yangilaş kerak. Bu yil yangi harakat tarkiblari soni jami 15taga yetkazildi. Tirbandliklar kamayişi uçun poyezdlar intervali qisqarişi kerak, buning uçun esa yangi tört vagonli metro poyezdlari olib kelinişi zarur”, deydi metropolitenning Harakat xizmati boşliği.

Metroda yölovçilar sonining oşişi oxirgi yillarda metro bekatlari soni sezilarli köpaygani bilan boğliq. 2020 yilgaça bekatlar soni jami 29 ta edi; ikki yil içida Yunusobod yönalişida 2 ta, Toşkent halqa yölida 7 ta, Sergeli yölida 5 ta bekat foydalanişga topşirildi. Şu bilan jami bekatlar soni 43 taga yetdi.

Yangi bekatlar barpo etilgan manzillar ham şaharning aholi gavjum qismlarida joylaşgan. Bundan taşqari, kelgusi yillarda yana yangi bekatlar oçilişi kutilyapti.

Sulton Qodirovning sözlariga köra, 7 bekatli Toşkent halqa yöli oçilganida 4 vagonli beşta yangi poyezd sotib olingan. Ammo qolgan 7 ta yangi bekat uçun avvaldan harakatlanib kelgan (aksariyati eski bölgan) poyezdlar qatnaydi. Bu ham tiqilinç yuzaga kelişiga, poyezdlar yetişmasligiga olib kelmoqda.

Avvalroq berilgan ma’lumotga köra, 2022 yilda 14 ta tört vagonli metro poyezdlari olib kelinadi. Şunda poyezdlarning umumiy soni 80 taga yetkazilib, metro poyezdlarining örtaça yoşi 38 yoşdan 26 yoşga qisqartiriladi.