Farğona viloyati hokimi 5 kg dan ortiq vazn taşlagan har bir odamga yöqotgan har bir kilogrammi uçun 500 ming söm va’da qildi. Andijon viloyati hokimi esa piyoda yurişga tarğib qilişda namuna bölgan mahalla raislari va profilaktika inspektorlarini Dubayga sayohatga jönatişini aytdi.

Hokimlarning sessiyalarda yangragan bu bayonotlari ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab böldi.

Harvard universiteti doktoranti, iqtisodçi Botir Qobilov ham holatga munosabat bildirib, hokimlar soliq tölovçilarning pullarini işlatayotganiga e’tibor qaratdi.

“Aslida davlatning puli degan tuşunça yöqligini qayta-qayta aytiş kerak. Soliq tölovçilarning puli degan tuşunça bor. Şuning uçun bu davlatning puliga kelgan, davlat tölab qöygan, davlatning hisobiga qilingan, degan gaplarga tuzatiş kiritib, pullar soliq tölovçilarniki ekanligini eslab ketiş zarar qilmaydi. Şu bilan birga, mamlakatdagi heç narsa bepul emas va tekinga kelmagan.

Xullas, pulni sarflaşning 4 yöli bor:

  1. Özingizning pulingizni özingiz uçun sarflaysiz. Masalan, öqişga tölaysiz, kiyim olasiz.
  2. Özingizning pulingizni boşqalar uçun sarflaysiz. Masalan, döstingizga sovğa olasiz.
  3. Boşqalarning pulini özingizga sarflaysiz. Masalan, korxona korporativ kartoçkasiga ovqatlanasiz (yaxşilab).
  4. Boşqalarning pulini boşqalarga sarflaysiz.

Birinçi va ikkinçi holatlarda siz pulni tejaşga harakat qilasiz. Lekin, öz pulingizni özingizga sarflasangiz qiymat/qaytimni köpaytirişga harakat qilasiz. Biroq, boşqalarga sarflasangiz qiymat haqida nisbatan kamroq qayğurasiz.

Uçinçi va törtinçi holatlarda esa siz aksinça, pulni tejaşga harakat qilmaysiz. Uçinçisida sizda özingizga qiymatni maksimal darajada köpaytirişga moyillik bor. Biroq, törtinçisida, ya’ni birovning pulini birovga sarflaşda sizda pulni tejaşga ham, qiymatni oşirişga ham rağbat yöq.

Buni nega yozyapman? Siyosatçilar, ijro hokimiyati vakillari va ayniqsa saylanmagan hokimlar aynan törtinçi guruhga mansub hisoblanadi (ba’zida uçinçisiga ham mansub, deyişingiz mumkin, lekin bu boşqa mavzu). Ular yiğilgan soliq tölovçilarning pullarini sarflaydi; kimga, qayerga, neça pul degan qarorlarni qabul qiladi (bunday qarorlarni qabul qiliş faqat parlamentda bölişi kerak aslida, ijro hokimiyati yoki hokimlarda emas).

Xullas, ularning ustidan nazorat, hisobdorlik, şaffoflik bölmasa, ularda pulga bölgan qaytimni maksimallaştirişga rağbat özidan özi paydo bölmaydi. Oqibatda bu budjet, ya’ni soliq tölovçilarning pullari samarali işlatilmasligiga olib keladi. Natijada bir amaldor ikkinçisiga sizga Ferrari olib beramiz, boşqasi esa sizlarni Dubayga ta’tilga yuboramiz deydi yoki boşqasida tilladan 100 metrlik haykal örnatiş xayollari paydo bölaveradi.

AQŞlik bir kongressmen aytgan ekan:

“Bir-biridan farqli uç toifadagi odamlar – yoş bolalar, öğrilar va siyosatçilar – uçalasi ham boşqa odamlarning pullarini sarflaydilar. Şuning uçun uçalasining ustidan nazorat kerak.”

Uzoq orzudagi emas, balki oddiy va normal Özbekistonda parlamentning kuçi ijro hokimiyatinikidan köra amalda kattaroq böladi, deb umid qilamiz, xuddi qonunda belgilanganidek. Deputatlar xalq vakili bölsa, ijro hokimiyati bu ijroçi. Aslida mamlakatdagi har bir insonning hayotiga ta’sir etiş nuqtayi nazaridan parlamentning faoliyati va deputatlarning qarorlari ijro hokimiyatinikidan köra ança muhimroq bölişi kerak. Davlat xarajatlari haqidagi qarorlar esa şu parlament doirasida qabul qilinişi kerak bölgan eng muhim qarorlardandir”, deydi Botir Qobilov.

Boşqa bir iqtisodçi Otabek Bakirov ham hamkasbining fikrlarini qöllab-quvvatladi.

“Millat farovonligining ibtidosi Parlament tuzişdan boşlanadi”, deya yozdi u.