Bangladeş janubida paromda çiqqan yonğin oqibatida kamida 37 kişi halok böldi, 100dan köproq kişi jarohatlandi. Bu haqda BBC News xabar berdi.

Ma’lumotlarga köra, voqea mahalliy vaqt bilan tungi soat 3da yuz bergan. Yonğin mamlakat poytaxti Daqqadan Barguna şahriga yöl olayotgan paromda çiqqan. Fojia vaqtida paromda 500ga yaqin odam bölgan. Ulardan köpçiligi yonğin boşlanganda uyquda bölgan. Ba’zi odamlar yonğindan qoçib suvga sakragan. 

Dastlabki taxminga köra, yonğin paromning maşina bölimida boşlanib, tezda butun kemaga tarqalgan.