2021 yil 17 dekabr kuni soat 16:40larda Qoraqalpoğiston Respublikasining Qönğirot tumanida yöl tagidan quvur qaziyotgan 2 kişini tuproq bosib qoldi. Bu haqda Kun.uz’ga Qoraqalpoğiston prokuraturasi matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, «Meliorator-Kungrad» köp tarmoqli firma işçilari Qönğirot tumani hududidan ötuvçi Qönğirot-Möynoq avtomobil yölining 3-4 km oraliğida yöl quvur ötkazmoqçi bölişgan. 3.30 metr çuqurlikdan quvur ötkazmoqçi bölişayotganda çuqurning ikki tarafi öyilib ketgan. Işçilarni tuproq va asfalt yölning toşlari bosib qolgan.

Oqibatda uşbu firma işçisi, 1969 yilda tuğilgan A.Q. tan-jarohati olgan va 1986 yilda tuğilgan S.S. voqea joyida vafot etgan. 

Hozirda holat yuzasidan Qönğirot tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.

Bundan oldin ham Qönğirotda 3 kişi tuproq bosib qolişi oqibatida vafot etgan edi. Keyinroq halok bölgan 3 kişi suv quvurini noqonuniy olib ketmoqçi bölgani ma’lum bölgan.