Qönğirot tumanida suv quvuri qaziyotgan 4 kişini tuproq bosib qolib, ularning 3 nafari voqea joyida halok bölgandi. «Qoraqalpoq suv ta'minoti» voqeaning ba'zi tafsilotlarini e'lon qildi.
Unga köra, uşbu fuqarolarning 3 nafari maktab öquvçilari bölgan. Ular 9 iyun kuni tonggi soat 4:00-4:30 atrofida diametri 300 millimetr bölgan çöyan quvurni noqonuniy tarzda sindirib olib ketmoqçi bölganda, yoğingarçilik tufayli yumşab qolgan tuproq ostida qolgan.
3 kişi voqea joyida vafot etgan bölsa, bir kişi qoçib ketgan va keyinçalik huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan uşlanib, şifoxonaga yotqizilgan.
Qoraqalpoğiston prokuraturasi voqea «Suöyonli» ovuli hududida soat 05:30 larda yuz bergani, 1990 yilda tuğilgan S.U., voyaga yetmaganlar — 2006 yilda tuğilgan S.K., 2007 yilda tuğilgan S.M. va 2004 yilda tuğilgan D.M. yer ostidagi suv quvurini qazib olayotgan vaqtida tuproq öpirilib, bosib qolganini ma'lum qilgandi. S.U., S.K. va S.M. voqea joyida vafot etgan, voyaga yetmagan D.M. esa tuproq ostidan çiqarib olinib, Qönğirot tuman tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qönğirot tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.
















