Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yöl harakati qoidalariga özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda. Bu haqda IIV YHXBB boşliği Olim Saidov yuk taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar bilan ötkazilgan yiğilişda ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, kiritilayotgan özgartiriş va qöşimçalar jamoatçilik muhokamasidan ötgan.
“Yöl harakati qoidalarining 67-moddasida (amaldagi): “1 yönalişdagi 3 va undan ortiq bölakli har qanday yölda çetki çap bölakli harakat serqatnovligi sababli boşqa bölaklar band bölgan hollarda, şuningdek, quvib ötiş, çapga buriliş yoki qayrilib oliş, ruxsat etilgan töla vazni 3,5 tonnadan ortiq bölgan yuk avtomobillariga esa faqat çapga buriliş yoki qayrilib oliş uçun egallaşga ruxsat etiladi”, — deyilgan.
Yangi tahrirdagi qoidalarda mazkur bandga 2-qism kiritilyapti. Unga köra: “Şuningdek, yuk avtomobillariga faqat çapga buriliş yoki qayrilib oliş uçun çetki çap bölakni egallaşga ruxsat etiladi. Boşqa hollarda yuk avtomobillariga yölning çetki çap bölagiga harakatlaniş taqiqlanadi”, — dedi polkovnik.
Şu bilan birga, yöl harakati qoidalarining 121-bandi töldiriladi. Bu bandga “yuk avtomobillari yölning çetki çap bölagida harakatlanadi. Boşqa heç qanday alternativ yöq. Faqatgina çapga buriliş yoki qayrilib oliş uçun ruxsat etiladi”, — degan qöşimça kiritilyapti.
Aytilişiça, mazkur moddaning eski tahririda 3,5 tonnadan oşiq yuk avtomobillari deyilgani köp savol va tortişuvlarga sabab bölmoqda. Mazkur özgartiriş e’tirozlarga barham beradi.








