3 dekabr kuni 7 nafar şaxs Toşkent şahar Yunusobod tumani Otçopar mahallasidagi xonadonlarning birida bosqinçilik jinoyatini sodir etdi.
Şahar Içki işlar boş boşqarmasining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, bosqinçilar kirgan vaqtda xonadonda bir ayol bölgan. Jinoyatçilar uy sohibasining oyoq-qöli va oğzini “skotç”da boğlab, piçoq bilan tahdid qilgan holda moddiy boyliklari qayerda ekanini söraşgan.
Seyf yotoqxonadaligini aniqlab, uni özlari bilan olib ketmoqçi bölişganda, uyga jabrlanuvçining ikki qizi kelib qoladi. Buni payqagan bosqinçilar qizlarni ham majburlab, qörqitib, uyga olib kirişadi va ularni ham boğlab qöyişadi.
Voqea joyidan yaşiriniş maqsadida qizlardan biriga tegişli “Jyentra” rusumli avtomobilni haydab qoçişadi.
Katta tergovçi Sadriddin Şohizindayevga köra, Toşkent şahar IIBB 7 nafar jinoyatçining barçasini aniqlab, qölga olgan.
“Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi “A” bandi (bosqinçilik), 267-moddasi 2-qismi “B” va “V” bandlari (transport vositasining bir guruh şaxslar tomonidan olib qoçilişi) bilan ayblov e’lon qilindi hamda qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllandi”, dedi içki işlar xodimi.
Tergov boşqarmasiga köra, jinoyatga qöl urgan şaxslar voqea joyidan ketişgaç, “Jyentra”ni yölda qoldirib, boşqa maşinada Toşkent şahridan çiqib ketişgan.
Aniqlanişiça, jinoyatga boşçilik qilgan şaxs bundan bir neça oy avval uşbu uyda ta’mirlaş işlarini bajargan usta bölib çiqqan.
“Bu uyda 20-25 kun işlaganman. Şerigim menga u yerda seyf körgani va içida pullar borligini aytib qoldi. Men pul borligini bilmasligimni aytdim. U menga bu iş bilan şuğullanadigan bolalar bor, dedi. Keyin ular bilan kelişib, soat 12:30-13:00larda uyga kirdik.
Yonimizda piçoğimiz bor edi. Pullarni olib qoçgaç, şahardan Toşkent viloyatiga çiqib ketdik. Öşa yerda seyfni buzib, içidagi pullarni taqsimlab oldik. Har birimizga 1 ming 900 dollardan tegdi”, deydi jinoyatçilar.
Toşkent şahar IIBBning ma’lum qilişiça, pullar 15 ming AQŞ dollari miqdorida bölgan va ayni paytda yetkazilgan zararning bir qismi qoplangan.







