Kun.uz muxbirining ma’lum qilişiça, matbuot anjumanida «80 ming dollar olayotganda qölga olingani» aytilgan viloyat SSB boşliği Davronbek Jumaniyozovning özi ham qatnaşgan va OAV vakillarining savollariga javob bergan.

«Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda men bilan boğliq yolğon xabar tarqatildi. Ayrimlar 80 ming dollar haqida yozişdi, ular bu summani qayerdan olişdi bilmayman», deydi D.Jumaniyozov.

D.Jumaniyozovning aytişiça, u haqda tuhmat xabar tarqatgan şaxslar haqida huquqni himoya qiliş organlariga murojaat qilingan. Xabarni tarqatganlarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Ulardan biri, samarqandlik şaxs uşlanib, unga nisbatan qamoqqa oliş çorasi qöllangan. Hozirda içki işlar va prokuratura organlari tomonidan tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda.

«Bunday tuhmat xabarlar oldin ham 1-2 marta tarqatilgan va biz e’tibor bermagan edik. Bu safar indamay ötib keta olmadik. Hozir şu tuhmat xabar birinçi bölib kimdan çiqqani qidirilyapti. Barçasi oydinlaşgaç qöşimça ma’lumot beramiz», degan viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği.