“Ipak Yöli” banki Niderlandiyaning tadbirkorlikni rivojlantiriş banki (FMO) tomonidan Özbekistonda kiçik va örta biznesni rivojlantiriş uçun qiymati 50 mln AQŞ dollariga teng bölgan mablağlarni jalb qildi.
Navbatdagi hamkorlik dasturi doirasida ajratilgan kredit mablağlari multivaluta körinişida taqdim etiladi, bu esa kredit mablağlarini AQŞ dollarida hamda milliy valutada jalb etilişi mumkinligini anglatadi.
FMÖning investitsiyalar böyiça direktori Uib-Yan de Ryuyter şunday dedi: “Biz “Ipak Yöli” Banki bilan köp yillik aloqalarimizni sönggi yuqori samaraga ega kelişuv orqali mustahkamlaşdan mamnunmiz. Ajratilayotgan kredit mablağlari asosan “yaşil” loyihalarni hamda moliyalaştirişga ehtiyoji bölgan yoş tadbirkorlarni va ayol tadbirkorlarni, qolaversa qişloq xöjaligi va mikro sektorda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarni moliyalaştiriş uçun yönaltiriladi, bu esa “Ipak Yöli” Banki missiyasi bizning “Yaşil moliyalaştiriş” hamda “Tengsizlikni qisqartiriş” dasturlarimizga mos kelişidan dalolat beradi.”
Imzolangan şartnomaga muvofiq, Bank kredit mablağlarni kiçik va örta biznes sohasidagi loyihalarni moliyalaştirişga yönaltiradi va öz navbatida energiya samaradorligini, xususan, qayta tiklanuvçi energiya manbalari samaradorligini oşirişga qaratilgan loyihalarni qöllab-quvvatlaşni rejalaştirmoqda. Bundan taşqari, Bank tomonidan mamlakatdagi yoş tadbirkorlar, şuningdek, ayol tadbirkorlar faoliyatini rivojlantiriş uçun moliya mablağlari ajratiladi.
– Erişilgan mazkur kelişuv bizning hamkorligimiz doirasida yana bir ahamiyatli voqea sanalib, Özbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qöşadi. Jalb qilingan kredit mablağlari “Ipak Yöli” Bankining kelgusidagi rivojiga xizmat qiladi hamda xususiy korxonalar orasida energiya resurslaridan samarali foydalanilişini ta’minlaşga salmoqli hissa qöşişga yordam beradi. Şuni ta’kidlaş joizki, kredit mablağlari tufayli Bank yoş tadbirkorlar va ayol tadbirkorlar rahbarligi ostidagi xususiy korxonalarda yangi iş örinlari yaratilişiga yordam beradi, - izohladi Bankning Boşqaruvi raisi Saidabror Saidahmedov.
“Ipak Yöli” bankining FMO bilan hamkorligi 2013 yildan boşlab mamlakatimizda kiçik va örta biznesni rivojlantiriş uçun qiymati 13 mln AQŞ dollariga teng bölgan kredit liniyasi taqdim etilişidan boşlangan. Keyingi yillarda banklar örtasida qiymati 78 mln AQŞ dollariga teng bölgan yana 4 ta şartnoma imzolangan.








