AKFA Universitetida 2022-2023 öquv yili uçun abituriyentlardan hujjatlarni qabul qiliş jarayoni 10 yanvardan 20 avgust kuniga qadar davom etadi. Hujjatlar töliq onlayn qabul qilinadi.
Mavjud yönalişlar:
- Davolaş işi (dastlabki 2 yil 21 mln va 3-kursdan 29 mln söm);
- Farmakologiya (21 mln söm);
- Stomatologiya (21 mln söm);
- Oliy hamşiralik işi (10 mln söm);
- Buxgalteriya va moliya (14,5 mln söm);
- Iqtisodiyot (13,5 mln söm);
- Amaliy matematika (12 mln söm);
- Ingliz tili (12 mln söm);
- Quriliş muhandisligi (13,5 mln söm);
- Arxitektura va dizayn (13,5 mln söm);
- Kompyuter muhandisligi (13,5 mln söm);
- Dasturiy ta’minot muhandisligi (13,5 mln söm);
- Tijorat huquqi (12,5 mln söm);
- Jurnalistika (12,5 mln söm);
- Raqamli marketing (12,5 mln söm);
- Startap menejmenti (12,5 mln söm);
- Xalqaro biznes (12,5 mln söm).
Barça yönalişlar uçun narxlar bir semestr uçun körsatilgan, tölovlarni qismlarga bölib amalga oşiriş mumkin.

2022-2023 öquv yili uçun qabul şartlari bilan tanişiş va röyxatdan ötiş uçun: akfauniversity.org/local-admission
Kiriş imtihonlari 7 fevral, 7 mart, 7 aprel, 7 may, 7 iyun, 7 iyul va 25 avgust kunlari bölib ötadi. Grant örinlariga imtihon 7 iyul kuni bölib ötadi.
Onlayn arizani töldiriş jarayonida quyidagi hujjatlarning elektron nusxasi talab etiladi:
- şaxsni tasdiqlovçi hujjat (pasport);
- örta va örta maxsus ta’lim haqidagi hujjat (şahodatnoma yoki diplom);
- 3,5×4,5 fotosurat;







